Kenesbay Allambergenov
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kenesboy Allambergenov (qoraqalpoqcha: Кенесбай Алламбергенов, 1954-yil, Qoraoʻzak tumani, Qoraqalpoq ASSR — 24-mart 2023-yil Nukus, Qoraqalpogʻiston) — qoraqalpoq yozuvchisi, filologiya fanlari doktori, professor, Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureati[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kenesboy Allambergenov 1954-yili Qoraqalpoq ASSRning Qoraoʻzak tumanida dunyoga kelgan. U dastlab Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlab, „Жеткіншек“ gazetasida ishladi. Keyinchalik faoliyatini „Amudaryo“ jurnali, Nukus pedagogika instituti, „Ilm va jamiyat“ jurnalida bosh muharrir, oʻqituvchi, kafedra mudiri, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida davom ettirdi[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq yozuvchisi“ — 2018-yil[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „АЛЛАМБЕРГЕНОВ КЕНЕСБАЙ“. ndpi.uz. Qaraldi: 24-mart 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Kengesboy Allambergenov vafot etdi“. oyina.uz (2023-yil 24-mart). Qaraldi: 24-mart 2023-yil.
- ↑ „Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси Президиумининг Қарори“. qqtongi.uz (2018-yil 9-iyun). Qaraldi: 24-mart 2023-yil.