Kepler Mire
Kepler Mire — Manapouri koʻlining sharqidagi dahshatli botqoqlik. Ushbu joy Yangi Zelandiyadagi Te Anau havzasi majmuasidagi eng katta botqoq yer boʻlib, dengiz sathidan 220–230 m balandlikda joylashgan va u 900 gektardan ortiq maydonni egallaydi. Qoʻshni togʻ tizmasi singari, u astronom Johannes Kepler sharafiga nomlangan[1].
Uning markaz qismi chetiga qaraganda taxminan uch metr balandroq. Torf rivojlanishi 4,7 m chuqurlikkacha yetadi. Ushbu botqoqdagi torfning umumiy hajmi 20,5 million kubometrga baholanadi.
Kepler Mire xalqaro miqyosda biologik ahamiyatga ega hisoblanadi, chunki u Yangi Zelandiyada topilgan botqoq shaklidagi eng keng hovuz tizimidir[2].
Eng yaxshi kuzatish joyi – 95-magistral chorrahasidan taxminan 2 km uzoqdagi York togʻi yoʻli hisobanadi.
Mire botqogʻidan Peter Jacksonning „Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a“ filmidagi Dagorlad jang maydoni va Oʻlik botqoqlarni tasvirlash uchun foydalanilgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Neville Peat and Brian Patrick. 1996 „Wild Fiordland“, published by University of Otago Press, ISBN 1-877133-17-5, 143 pages
- ↑ Burrows, C. J.; Dobson, A. T. (1972). „Mires of Manapouri- Te Anau Lowlands“ (PDF). Proceedings of the New Zealand Ecological Society. 19-jild. 75–99-bet.
- ↑ Ian Brodie. 2002. The Lord of the Rings Location Guidebook, Published by Harper Collins, ISBN 1-86950-452-6, 96 pages