Khaby Lame

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Khaby Lame
Tavalludi
Khabane Lame

9-mart 2000-yil (2000-03-09) (24 yosh)
Dakar, Senegal
Fuqaroligi Italiyalik
Kasbi Ijtimoiy tarmoq shaxsiyati
Khaby Lame
TikTok maʼlumoti
Obunachilar soni 151.3 million
Layklar soni 2.5 milliard
Shaxsiy sahifa havolasi khaby.lame

Soʻnggi yangilanish: 2022-yil 2-noyabr

Khabane Lame (talaffuzi: [Xabi Leym]; 2000-yil 9-martda tugʻilgan) - Senegalda tugʻilgan italyan ijtimoiy tarmoq bloggeri. U oʻzining TikTok videolari bilan mashhur boʻlib, videolarida u oʻta murakkab layfxak videolarni masxara qiladi. 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, Lame TikTokda eng koʻp obunachiga ega foydalanuvchi hisoblanadi[1].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lame 2000-yil 9-martda Senegalda tugʻilgan. U bir yoshga toʻlganida uning oilasi Italiyaning Chivasso shahridagi davlat tomonidan egalik qilinadigan uy-joy majmuasiga koʻchib oʻtgan[2]. Uning uchta ukasi bor. U oʻn toʻrt yoshga toʻlguniga qadar italyan maktablarida oʻqigan, ota-onasi uni vaqtincha Dakar yaqinidagi Qurʼon maktabiga oʻqishga yuborishga qaror qilgan[3][4]. Lame 2020-yil mart oyida ishdan boʻshatilgunga qadar Turin yaqinidagi zavodda CNC dastgoh operatori boʻlib ishlagan[5][6].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U COVID-19 pandemiyasi paytida ishdan boʻshatilganidan soʻng, Lame TikTokga videolar yuklay boshlaydi[3]. Uning dastlabki videolarida raqsga tushgani va videooʻyinlar tomosha qilgani koʻrsatilgan[6]. U TikTokning „duet“ va „taqlid“ funksiyalaridan foydalanib ishlagan videolari orqali mashhurlikka erishdi, bunda u murakkab layfxak tasvirlangan videolarga o‘sha vazifani oddiy tarzda, hech narsa demasdan, soʻngra oʻzining odatiy qo‘l ishorasi bilan bajaradi[5]. 2021-yil aprel oyida u TikTokda eng koʻp kuzatuvchiga ega italiyalik, Gianluca Vacchini va keyinchalik Addison Raeni ortda qoldirib, platformada ikkinchi eng koʻp obunachiga ega foydalanuvchiga aylandi[7][8]. 2021-yil avgust oyida Lame Yuventusning Manuel Locatelli haqidagi e’lonida ishtirok etdi[9][10]. 2021-yil sentyabr oyida u Venetsiya kinofestivalida Xavier Giannolining „Lost Illusions“ fransuz filmining birinchi namoyishida maxsus mehmon sifatida qatnashdi[11]. 2022-yil yanvar oyida Lame Hugo Boss bilan koʻp yillik hamkorlikni imzoladi va #BeYourOwnBoss kampaniyasida nomi eʼtirof etildi[12][13].

2022-yil 22-iyun kuni Lame 142,1 million obunachi bilan Charli DʼAmelioni ortda qoldirib, TikTokning eng koʻp kuzatuvchiga ega ijodkoriga aylandi[1][14].

Lame 2023–yilda Italiaʼs Got Talent telekoʻrsatuvida hakamlar aʼzosi etib tayinlandi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Khaby Lame — musulmon[15][16]. U 2020-yil oktyabr oyida Zaira Nucci bilan unashtirilganini eʼlon qildi[17].

Lame bir yoshidan Italiyada yashab kelmoqda va italyan tilini yaxshi biladi. U 2022-yil avgustigacha oʻz agenti bilan Milanda Senegal fuqarosi boʻlib yashagan, Italiya Ichki ishlar vazirligi maslahatchisi Karlo Sibiliya unga fuqarolik berilishini eʼlon qilganidan soʻng Chivassoda Italiya fuqaroligini oldi. Lame oʻzini „har doim itlayan his qilganini“ aytdi[18] va oʻzini shunday taʼriflash uchun „bir parcha qogʻoz kerak emasligini“ ilgari aytgan edi[5].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lame Black Panther: Wakanda Forever (2022) filmining italyancha dublyajida ovoz bergan[19].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Faith Karimi. „This wordless comedian is now the most-followed person on TikTok“. CNN (2022-yil 23-iyun). Qaraldi: 2022-yil 24-iyun.
  2. Pasqui, Giulio „Khaby Lame, ecco chi è l'italiano che ha più follower di Mark Zuckerberg ed è diventato una star dei social senza mai dire una parola“ (italian). il Fatto Quotidiano (2021-yil 13-may). 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  3. 3,0 3,1 Vinci, Alessandro „Khaby Lame è l'italiano più seguito su TikTok: dalle case popolari al sorpasso su Gianluca Vacchi“ (italian). Corriere.it (2021-yil 23-aprel). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  4. „Khaby Lame è il più seguito al mondo su TikTok: "A scuola facevo casino"“ (italian). Qaraldi: 2022-yil 28-iyun.
  5. 5,0 5,1 5,2 Horowitz, Jason; Lorenz, Taylor „Khaby Lame, the Everyman of the Internet“. The New York Times (2021-yil 2-iyun). Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  6. 6,0 6,1 Karimi, Faith; Mezzofiore, Gianluca „He's the most popular man on TikTok. And he doesn't say a word“. CNN (2021-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
  7. Waite, Thom „Khaby Lame is set to overtake Charli D'Amelio as TikTok's biggest star“. Dazed. Dazed Media (2021-yil 16-iyul). Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
  8. Web, Redazione „Khaby Lame supera Gianluca Vacchi: con 27M follower è il più seguito in Italia su tiktok“ (italian). Radio DeeJay (2021-yil 26-aprel). 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-may.
  9. Beltrami, Marco „La Juventus ufficializza Locatelli con Khaby Lame: svelate tutte le cifre dell'affare“ (italian). Fanpage (2021-yil 18-avgust). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  10. Bo, Marco „Khaby Lame, Dybala e Del Piero: anche il re dei social tifa Juve“ (italian). Tuttosport. Nuova Editoriale Sportiva (2021-yil 20-iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  11. americanpost. „TikTok star Khaby Lame walked the Venice red carpet“. American Post (2021-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  12. Gardner, Chris „Hailey Bieber, Kendall Jenner, Lee Min-ho and TikTok Star Khaby Lame Star in BOSS Rebrand Campaign“. The Hollywood Reporter (2022-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 7-may.
  13. Leitch, Luke „TikToker Khaby Lame and the big Boss rebrand in the Dubai desert“. Vogue Business (2022-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 7-may.
  14. Sato, Mia „Khaby Lame is now the most-followed TikToker in the world“. The Verge (2022-yil 23-iyun). Qaraldi: 2022-yil 24-iyun.
  15. Hazari, Usama „Famous TikToker Khaby Lame reveals that he is a 'practicing Muslim'“. The Siasat Daily. Siasat Press (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-oktyabr.
  16. „Most-followed TikToker in the world“. globalvillagespace.com (2022-yil 6-iyul). Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
  17. Longhitano, Lorenzo „Chi è Zaira Nucci, la fidanzata del tiktoker Khaby Lame“ (italian). Fanpage (2021-yil 1-iyun). Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
  18. „Khaby Lame, TikTok's most followed star, granted Italian citizenship“ (en). the Guardian (2022-yil 17-avgust). Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  19. Davide Brancher. „Black Panther Wakanda Forever avrà un cameo di Khaby Lame“ (Italian). Vigamus magazine (2022-yil 5-noyabr).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]