Kichik uzunburun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kichik uzunburun
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Scolopacidae
Urugʻ: Numenius
Turlari: Kichik uzunburun
Xalqaro ilmiy nomi
Numenius tenuirostris Vieillot, 1817

Kichik uzunburun (lotincha: Numenius tenuirostris) — loyxoʻraklar (Scolopacidae) oilasiga mansub qushlar turi sanaladi.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tana uzunligi taxminan 40 sm, vazni - 255 dan 360 grammgacha. Uzun oyoqlari va uzun oʻtkir tumshugʻi, yerga qaragan; patlari xuddi yer kabi zangori tusda,  qalin chiziqlar va dogʻlar bilan ifodalangan; boshida yorqin uzunlama chiziqlar; erkaklar va urgʻochilarning rangi bir xil. Bu oʻrtacha kattalikdagi zargʻaldoqqa oʻxshaydi. Ayni kunda u yoʻq boʻlib ketish arafasida yoki batamom qirilib ketgan. Umumiy soni 50 tadan kam[1]. Oxirgi marta 1997-yilda (Gresiyadagi uchish) kuzatilgan. Gʻoyib boʻlishning asosiy sabablari ov qilish, zaharli kimyoviy moddalarni ishlatishdir[2].

Ozuqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mayda jonivorlar: hasharotlar va ularning lichinkalari, qurtlar va shilliqqurtlar, kichik daryolar boʻyidagi qisqichbaqalar va mollyuskalar bilan oziqlanadi[3].

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Orolboʻyi (uchib oʻtish). Oʻzbekistondan tashqarida: Farbiy Sibir (uyalash), Oʻrta Yer dengizi mamlakatlari (qishlash).

Yashash joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tekislikdagi suv havzalarining botqoqlashgan qirgʻoqlari va sayozliklari.

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doimo kam boʻlgan. Ilgari Janubiy Orolboʻyidan gala (3-15) boʻlib, hozirda – sanoqlisi uchib oʻtadi. 2000-yilda Sudochye koʻlida yakka-yakka holda uchragan. Dunyodagi populyasiyasi keskin kamayib bormoqda: 1980—1990-yillar oraligʻida 316-326 ta, 1990—1999-yillarda – 148-152 ta qayd qilingan. Yaqinda olingan ma’lumotlarga koʻra, endilikda 50 tadan kam qolgan.

Yashash tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahorgi uchib oʻtishi – mart-aprel oyida, kuzgisi – avgust-sentabr oylarida. Suvda yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Kichik uzunburun uyasi — bu oʻsimliklar bilan zoʻrgʻa qoplangan yerdagi unchalik katta boʻlmagan yoriq; Juftlashganda soʻng jigarrang dogʻlar bilan qoplangan 4 ta zaytunli-yashil tuxum qoʻyadi; tuxum qoʻyishning bosqichi may oyida; Yiliga bir marta koʻpayadi.

Cheklovchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uyalash arealida, koʻchish yoʻlida va qishlash joylarida tabiiy yashash muhitining oʻzgarishi va qisqarib ketishi oqibatida nobud boʻladi.

Himoya choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ovlashga ruxsat berilmaydi. Sudochye koʻli buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan. SITESning I Ilovasiga va Bonn konvensiyasining I Ilovasiga kiritilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The IUCN Red List of Threatened Species“. IUCN Red List of Threatened Species. Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  2. „О наблюдении тонкоклювого кроншнепа Numenius tenuirostris в северо-западной оконечности Греции весной 1997 года“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  3. Peter Colston, Philip Burton. Limicolen – Alle europäischen Watvogel-Arten, Bestimmungsmerkmale, Flugbilder, Biologie, Verbreitung. München: BlV Verlagsgesellschaft, 1989 — 184 bet. ISBN 3-405-13647-4.