Kimaklar xoqonligi
Turkiy xalqlar tarixi XIV asrga qadar |
---|
Turk xoqonligi 552-744 |
Xazar xoqonligi 618-1048 |
Sirtor 628-646 |
Kangar birlashmasi 659-750 |
Turk Shahi 665-850 |
Turkash xoqonligi 699-766 |
Kimaklar xoqonligi 743-1035 |
Uygʻur hoqonligi 744-840 |
Og'uz Yabg'u davlati 750-1055 |
Qarluk Yabg'u davlati 756-940 |
Qoraxoniylar davlati 840-1212 |
Kansa Uyg'ur davlati 848-1036 |
Qocho 856-1335 |
Bijanak xoqonligi 860-1091 |
Gʻaznaviylar imperiyasi 963-1186 |
Saljuqiylar davlati 1037-1194 |
Dashti qipchoq 1067-1239 |
Xorazmshohlar imperiyasi 1077-1231 |
Keraitlar 11th century-13th century |
Dehli sultonligi 1206-1526 |
Qarluqidlar 1224-1266 |
Oltin Oʻrda 1240s-1502 |
Mamluklar davlati 1250-1517 |
Kimaklar xoqonligi — Irtish daryosi boʻylarida va hozirgi Qozogʻistonning shim. — sharqiy mintaqalarida 9-asrning boshlarida vujudga kelgan yirik koʻchmanchi davlat. K.x.ga 7 qabila: imi, imak, tatar, baandur (boyondur), qipchoq, laniqazi, ajat kirgan. K.x. tarkibida keyinchalik turklashib ketgan moʻgʻul qabilalari ham boʻlgan. „Hudud ul-olam“ asari (Yu-a.)da koʻrsatilishicha, K.x. podshosi „xoqon“ (yamal paygʻu) deb atalib, u merosiy boʻlgan, uning yerlari 11 viloyatga boʻlingan. Viloyatni maxsus hokim (malik) idora etgan. K.x.dagi soliq toʻlovchilar lavozimi merosiy boʻlgan. 10-asr oʻrtalarida K.x. Jan. Ural togʻining jan.-gʻarbiy qismini, Emba va Ural daryo vodiylarini egʻallab, Kaspiy dengizi sohillariga chiqqan. 11-asr boshida kimaklarning gʻarbiy guruhi (qipchoqlar) Sirdaryoning quyi va oʻrta oqimlarini egʻallagan. 11-asr boshlarida ichki qaramaqarshiliklarning keskinlashishi, qipchoqlarning boshqa qabilalar ustidan hukmronlik qilishga intilishi tufayli K.x. yemirilib, uning hududidagi barcha qabilalar qipchoqlarga tobe boʻlgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kumekov B.Ye., Gosudarstvo kimakov IX—XI vv. po arabskim istochnikam, Alma-Ata, 1972.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |