Kontent qismiga oʻtish

Kinder Surprise

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kinder Surprise
Mahsulot turi shokoladli tuxum
Egasi Ferrero
Ishlab chiqariladi 17-fevral, 1974-yil (50 yil avval) (1974-02-17)
Veb-sayt kinder.com/sorpresa

Kinder Surprise (italyancha: Kinder Sorpresa), Kinder Egg[1][2] yoki Kinder Surprise Egg[3][4][2] nomi bilan ham mashhur boʻlgan, ichida kichik oʻyinchoq joylashgan sariq plastik kapsulani oʻrab turuvchi shokolad tuxumdan iborat sutli shirinlikdir. 1974-yildan buyon Italiyaning Ferrero kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan bu mahsulot Michele Ferrero va William Salice hamkorligida yaratilgan boʻlib, Kinder brendi ostida sotiladigan bir nechta shirinliklardan biridir. Avvaliga Pasxa bayramida bolalar sovgʻa tariqasida berish uchun oʻylab topilgan mahsulot, keyinchalik kattalar orasida ham ommalashgan. 1974-yildan beri butun dunyo boʻylab 30 milliard Kinder Surprise tuxumi sotilgan.

  1. Harriet Pavey.. „Kinder eggs go back on sale in the US - almost 50 years after they are banned“. Evening Standard (2017-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
  2. 2,0 2,1 Madej, Patricia. „Kinder Eggs will soon hit store shelves in the U.S.“. PhillyVoice (2017-yil 29-may). Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.
  3. Avella, Joe. „We got our hands on 'Kinder Surprise Eggs' -- the global candy favourite that's still illegal in the US“. Business Insider. Axel Springer SE (2016-yil 18-dekabr). 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  4. Shockey, Lauren. „Surprise! You Can Still Find Kinder Surprise Eggs!“. The Village Voice (2011-yil 19-aprel). Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.