Kirka Sharif
Kirka Sharif | |
---|---|
Kirka Sharif, tax. 1878 — 1880 | |
Umumiy maʼlumot | |
Meʼmoriy uslubi | Afg'on arxitekturasi |
Joylashuvi | Qandahor |
Mamlakat | Afg'oniston |
Koordinatalar | 31°37′11″N 65°42′29″E / 31.6196°N 65.7080°E |
Kirka Sharif |
Kirka Sharif (pushtucha: خرقه شريفه Libos ziyoratgohi) — Afgʻonistonning hozirgi Qandahor shahrida joylashgan islom ziyoratgohi. Bu ziyoratgoh bilan bogʻliq maʼlumotlar adabiyotlarda ikkinchi ingliz-afgʻon urushi davrida, Britaniya-Hindiston armiyasi Afgʻonistonda oʻz taʼsirini oʻtkazishga harakat qilgan vaqtda paydo boʻla boshlagan[1]. Ziyoratgohda Muhammadning 621-yilda Isro va meʼroj kechasida kiygan ridosi ham bor.
Muhammadning ridosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammadning ridosi Kirka Sharif ziyoratgohiga Durroniylar davlatining asoschisi afgʻon hukmdori Ahmadshoh Durroniy (1722—1773) tomonidan sovgʻa qilingan. Ahmadshoh Durroniyga esa ushbu rido 1768-yilda Buxoro amiri tomonidan berilgan. Bu ridoni paygʻambar Muhammad 621-yilda mashhur Isro va meʼroj kechasida kiyganligi aytiladi[1][2][3][4]. Ushbu libos musulmon olamidagi eng muqaddas yodgorliklardan biri hisoblanadi[1].
Juma masjidi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kirka Sharif ziyoratgohi masjidga biriktirilgan boʻlib, masjid arxitekturasi islom meʼmorchiligi va mahalliy urf-odatlarning ko‘plab tamoyillariga amal qiladi. Ichki qismi Afg‘onistonning Hilmand viloyatidan keltirilgan yashil marmar bilan oʻyib ishlangan naqshlar bilan bezatilgan. Bundan tashqari, bino zarhal detallar aks ettirilgan plitkalarga ham ega boʻlib, hovli va qabr toshlari ham ziyoratgoh hududida joylashgan. Ziyoratgoh devorlari koʻplab islom masjidlarida uchraydigan oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Masjid devorlariga turli daraxtlar va barglar surati oʻyib ishlangan boʻlib, binoning barcha devorlarida ushbu tasvirlarni koʻrishimiz mumkin[1].
Ahmadshoh qabri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kirka Sharif ziyoratgohi yonida Durroniylar davlatining asoschisi Ahmadshoh Durroniy maqbarasi joylashgan[5][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Kirka Sharif, the Shrine Where the Mantle of the Prophet is Preserved“. wdl.org. 2020-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
- ↑ Steve Inskeep. „The Cloak of the Prophet“. NPR (2002-yil 10-yanvar). 2002-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-iyun.
- ↑ Dupree, Nancy Hatch. An Historical Guide To Afghanistan, 1977. „The South (Chapter 16)“
- ↑ 4,0 4,1 „The Raglan Collection: Wellington, Waterloo and The Crimea And Works of Art from the Collection of the Marquesses of Londonderry“. christies.com. 2020-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
- ↑ „Ahmed Shah's Tomb from Kirka Sharif [Kandahar“]. bl.uk. 2020-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Kandahar in Photos & Travel Guide“. Nicole L. Smoot. Qaraldi: 2022-yil 21-dekabr.