Ahmadshoh Durroniy
Ahmadshoh durroniy (taxminan 1721 — 1773) — afgʻon davlat arbobi va sarkarda, mustaqil afgʻon davlati asos-chisi, shoir. Afgʻonlarning durroniy qabilasining sadozay urugʻidan. 1738 y. Eron shohi Nodirshoh Afshar xizma-tiga kirgan. 1747 y. Nodirshoh vafot etgach, A. D. Eron armiyasidagi afgʻon qoʻshinlarini Afgʻonistonga olib ket-gan. 1747 y. Afganistan shohi deb e’lon qilingan. Oʻz hukmronligi ostiga barcha afgʻon qabilalari hamda xonlariii bir-lashtirib, ularni turli sovgʻalar, yerlar, mansablar bilan oʻziga tarafdor qilib olgan. Hindiston, Eron va Jan. Tur-kistonga qator harbiy yurishlar uyush-tirib, Panjob (1748 — 51), Kashmir (1752), Sirxind va Sind (1757), Balu-jiston (1750), Seyiston (1754), Xuro-son (1754) va Balxni (1752) bosib olgan. 1761 y. Panipat jangida marathalarni tor-mor keltirgan. Umrining soʻnggi dav-rida sikhlar bilan uncha muvaffaqiyatli boʻlmagan urushlar olib borgan.A. D. 17- a. afgon she’riyatining da-vomchisi sifatida pashtu tilida lirik she’rlar yaratgan. 1940 y. Kobulda A. D.ning 3000 baytdan iborat devoni nashr etildi. A. D. devonining koʻlyozmalaridan biri Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |