Kontent qismiga oʻtish

Kiryu (Gunma)

Koordinatalari: 36°24′19.2″N 139°19′49.7″E / 36.405333°N 139.330472°E / 36.405333; 139.330472
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kiryu

桐生市
Maxsus shahar
Skyline of Kiryu
Kiryu
Bayroq
36°24′19.2″N 139°19′49.7″E / 36.405333°N 139.330472°E / 36.405333; 139.330472
Mamlakat Yaponiya
Hudud Kanto
Prefektura Gunma prefekturasi
Hukumat
Maydon 274.45 km2 (105.97 kv mi)
Aholisi
 (2020-yil Iyul)
108 991 kishi
Kiryu xaritada
Kiryu
Kiryu

Kiryu – Yaponiyaning Gunma prefekturasida joylashgan shahar. 2020-yil 31-iyul holatiga koʻra, shaharda 49.745 ta xonadonda 108.991 nafar aholi istiqomat qilgan. Aholi zichligi har kvadrat kilometrga 400 kishidan iborat boʻlgan[1].

Kiryu Gunmaning janubiy-sharqiy qismidagi Tochigi chegarasi yaqinidagi shimoliy Kanto tekisligida joylashgan. Shahar taxminan 100 kilometr (62 mi) Tokiodan shimoli-gʻarbda joylashgan. Shahar harakatsiz vulqon togʻi turiga kiradigan Akagi togʻidan unchalik uzoq emas.

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gunma prefekturasi

Tochigi prefekturasi

Kiryu nam kontinental iqlimga ega, yoz fasli issiq va qish fasli koʻp qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Kiryuda oʻrtacha yillik harorat 14,1 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1297mm, sentyabr oyi esa eng nam oy hisoblanadi. Avgust oyida eng yuqori harorat 26,4 °C, eng pasti harorat esa yanvarda, 2,8°C[2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish tashkiloti maʼlumotlariga koʻra[3], Kiryu aholisi 1980-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va soʻnggi 50 yil ichida barqaror ravishda kamaydi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192037,674—    
193052,906+40.4%
194086,086+62.7%
195095,533+11.0%
1960138,224+44.7%
1970146,489+6.0%
1980147,744+0.9%
1990142,838−3.3%
2000134,298−6.0%
2010121,704−9.4%
2020106,445−12.5%

Kiryu Kozuke viloyatida joylashgan. Azuma Kagami nomi Kamakura davrida paydo boʻlagan. Edo davrida, hozirgi Kiryu hududining katta qismi Tokugava syogunatining bevosita boshqaruvi ostidagi tenryo xoldingining bir qismi boʻlgan, savdo markazi va Nara davridan beri ipakchilik bilan mashhur boʻlgan Kiryu-shinmachi ibodatxonasi bundan mustasno. Ushbu hudud Kiryu va Vatarase daryolarida yaqinida joylashganligi sababli gullab-yashnagan.

1921-yil 1-martda shahar maqomiga koʻtarilgan. Kiryu shahri 1933-yil 1-aprelda qoʻshni Sakaino qishlogʻini va 1937-yil 1-aprelda Xirosava qishlogʻini oʻz hududiga qoʻshib oladi. 1954-yil 1-oktyabrda Umeda, Aioi va Kawauchi qishlogʻining bir qismini qoʻshib olinishi bilan shahar yanada kengaydi. Kiryu shahri 1889-yil 1-aprelda Gunma prefekturasi Yamada okrugi hududida Meydzi restavratsiyasidan keyin zamonaviy munitsipalitetlar tizimini rivojlantirish bilan yaratilgan.

Kiryuning janubdan shimolga qarashli koʻrinishi

2005-yil 13-iyunda Kiryu Niisato va Kurohone qishloqlarini (ikkalasi ham Seta tumanidan) oʻz hududiga qoʻshib oladi.

Kiryu toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Kiryu Gunma prefekturasi assambleyasiga uchta aʼzo qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya patlamentining quyi palatasining 1-2-okrugi oʻrtasida boʻlingan.

Anʼanaga koʻra, Kiryuning asosiy iqtisodiyoti ipakchilik va ipak toʻqimachilik ishlab chiqarish boʻlib, tarixiy manbalarga koʻra eramizdan avvalgi 713-yilda ipak ishlab chiqarish boshlangan.

Kiryu zavodlari Yaponiyadagi pachinko mashinalarining 60 foizini ishlab chiqarishni oʻz zimmasiga olgan. Biroq, ipak mahsulotlariga boʻlgan talabning kamayishi va bir nechta ishlab chiqarish korxonalarining yopilishi mahalliy iqtisodiyotning zarar koʻrishiga sabab boʻlgan.

Mitsuba korporatsiyasidagi avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning bosh qarorgohi shaharda joylashgan.

Kiryu shahrida 17 ta bolalar bogʻchasi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻnta oʻrta maktab va Gunma prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan oltita kollej mavjud. Shuningdek, ikkita xususiy oʻrta maktab mavjud. Prefekturada nogironlar uchun uchta maxsus taʼlim maktabi ham mavjud. Gunma universitetining muhandislik boʻlimi shaharning Tenjin tumanida joylashgan.

Mahalliy diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kiryugaoka oʻyin parki
  • Kiryugaoka hayvonot bogʻi
  • Kiryu tabiat qoʻriqxonasi
  • Kiryu motorli qayiq poygasi
  • Gunma hasharotlar dunyosi
  • Okava sanʼat muzeyi
  • Yukari toʻqimachilik muzeyi
  • Tenmangu ziyoratgohi
  • Takei ibodatxonasi xarobalari.
Kinopi, Kiryu shahri.

Kiryu arra tishli tuzilmalari bilan mashhur. Kiryu shahrining rasmiy maskoti – bu Kinopi ismli arra tishli qahramon. Ushbu arra tishli tuzilmalarning aksariyati bugungi kunda ham qoʻllanilib kelinmoqda.

Kiryu, Gunma, Yaponiyadagi arra tishli tomning tuzilishi

Taniqli odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kenkichi Ivasava (1917-1998), matematik.
  • Mao Murakami (1995-yilda tugʻilgan), raqqosa.
  • Naoki Matsuda (1977-2011), professional futbolchi.
  • Shūzo Oshimi (1981-yilda tugʻilgan), manga yozuvchisi va rassomi.
  • Ryoko Shinohara (1973-yilda tugʻilgan), aktrisa.
  • Chihiro Yamanaka (1976-yilda tugʻilgan), pianinochi.
  • Saori Yuki (1948-yilda tugʻilgan), qoʻshiqchi.
  • Yukio Araki (1928-1945), Ikkinchi Jahon urushida halok boʻlgan eng yosh yapon kamikadze uchuvchisi.
  • Jun Takaxashi (1969-yilda tugʻilgan), yapon dizayneri va UNDERCOVER asoschisi.

Pop madaniyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Norasmiy manbalarda aytilishicha, Pokemon franshizasida Kanto mintaqasidagi Kiryudan keyin modellashtirilgan[4].