Kontent qismiga oʻtish

Kivi (meva)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kivi

Kivi[1]- (Maymun shaftoli) o'simligining vatani Xitoy hisoblanadi. Kivi mevasi katta uzumga[2] o'xshash mevadir, shuning uchun kivi baʼzan „Xitoy krijovnigi“ deb ataladi. 2017-yilda Xitoy dunyodagi kivi mevasining 50%ini ishlab chiqargan[3].

Kivi birinchi bo'lib XII asrda "Song" sulolasi davrida yetishtirilgan[4]. XX asrning boshlarida kivi yetishtirish Xitoydan Yangi Zelandiyaga tarqaldi[2]. Meva Ikkinchi Jahon urushi paytida Yangi Zelandiyada joylashgan Britaniya va Amerika harbiy xizmatchilari orasida mashhur boʻldi va keng tarqala boshladi.Avval Buyuk Britaniyaga, keyin esa 1960-yillarda Kaliforniyaga eksport qilindi[2][5].

Kivining zamonaviy nomini Yangi Zelandiya selektsioneri Aleksandr Ellison oʻylab topgan. XX asrning 60-yillarida oʻzining asl mevasi Yangi Zelandiyaning gerbida tasvirlangan xuddi shu nomdagi qush tanasiga tashqi ko'rinishdan oʻxshashligi uchun unga bu nom berilgan.

Kivi yetishtirish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adlerdagi kivi

Yovvoyi aktinidiyaning vazni atigi 30 gramm edi va u XX asrning boshlarida Yangi Zelandiyaga olib kelingan. Madaniy yirik mevali kivi Yangi Zelandiyada yetishtirilgan. Meva asl turdan koʻpaytirilgan hamda uning vazni 100 gramm yoki undan koʻproq boʻlgan.Madaniylashtirilgan meva oʻzining yaxshiroq taʼmi bilan ham tanilgan.

Hozirgi kunda kivi subtropik iqlimi boʻlgan koʻplab mamlakatlarda, ayniqsa Italiya, Yangi Zelandiya, Chili, Gretsiyada oʻstiriladi. U yerdan mayin, yashil, mazali pulpaga ega boʻlgan suvli shifobaxsh mevalar dunyoning barcha mamlakatlariga eksport qilinadi. Kivi mevalari koʻp miqdorda S vitamini va boshqa biologik faol moddalarni oʻz ichiga oladi.

Rossiyada, Krasnodar oʻlkasining Qora dengiz sohilida va Dogʻistonning janubida kivi plantatsiyalari mavjud. Janubiy Dogʻistonda selektsioner Teymur Gabibov "Leki" deb nomlangan va konus shakliga ega boʻlgan yangi kivi navini koʻpaytirdi[6].

Ukrainaning Zakarpatye viloyatida selektsioner Genrix Valentinovich Straton Ukraina Davlat veterinariya va fitosanitariya xizmati reestrida „Carpathian Straton Valentine“ nomi bilan roʻyxatga olingan Xitoy aktinidiyasining yangi sovuqqa chidamli navini yetishtirdi[7].

Shuningdek, Armanistonda ham kivi plantatsiyalari mavjud. U mamlakatning janubiy viloyatlarida keng tarqalgan (Syunik).

Kivi mevasi rezavor hisoblanib, asosan, yashil pulpaga ega; "Oltin kivi" nomli navining pulpasi sariq tusga ega. Oʻrtacha kivi mevasining vazni 75 g, yirik kiviniki esa — 150 g gacha boʻladi.

Kivi uchun qoshiq

Kivi taʼmini tasvirlayotganda, odamlar, qulupnay, banan, qovun, olma, olcha va ananas lazzatlari haqida gapirishadi. Kivi yangi holatda isteʼmol qilinadi, undan murabbo, jele tayyorlanadi va salatlarga qoʻshiladi.

Kividan tayyorlanadigan shirinliklar va ichimliklar uchun juda koʻp retseptlar mavjud bo'lib, kividan piroglarni bezash hamda murabbo tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin.

Kivi terisida goʻshtdan koʻra, koʻproq antioksidantlar mavjud. Antiseptik xususiyatlarga ega, ammo ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining yuqori sezuvchanligi uchun tavsiya etilmaydi[8].

Ishlab chiqarish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kivi taʼmi va ozuqaviy qiymati tufayli, dunyoning koʻplab mamlakatlarida yetishtiriladi.

Dunyoda
Yil Ming tonna
1970-yil 2
1975-yil 4
1980-yil 26
1985-yil 204
1990-yil 843
1995-yil 891
2000-yil 1872
2005-yil 2281
2010-yil 2837
2015-yil 4101
2017-yil 4038
Eng koʻp ishlab chiqaruvchi mamlakatlar (2017)[9]
Mamlakat jami %
Xitoy 2024603 50.1
Italiya 541 150 13.4
Yangi Zelandiya 411 783 10.2
Eron 311 307 7.7
Gretsiya 274 600 6.8
Chili 224 916 5.6
Fransiya 65 632 1.6
Kurka 56 164 1.4
Portugaliya 35 411 0,9
AQSH 30 480 0,8
Boshqa 62 826 1.6
Dunyo 4 038 872 100 %


Foydali xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaliyning yuqori miqdori kivini gipertenziyaning shakllarida foydali qiladi[10].

Vitaminlar, mikro va makro elementlarga boy.

Kivi saraton, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xavfini kamaytiradi va yogʻlarni yoqotishi mumkin[10].

Kosmetologiyada qoʻllanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kivi tozalash, namlash, yoshartirish va terini oziqlantirish uchun kosmetik niqoblar ishlab chiqarishda ham ishlatiladi. Meva kislotalarining katta miqdori tufayli koʻpincha yuzning ustki qavatini tozalashda niqob sifatida ishlatiladi[10]. Kivi tarkibida tabiiy kollagen mavjud, shuning uchun bu meva koʻpincha kosmetika ishlab chiqarishda ishlatiladi[11].

Kivida topilgan aktinidin, baʼzi odamlar: shu jumladan bolalar uchun allergen boʻlishi mumkin. Eng koʻp uchraydigan alomatlar — yoqimsiz qichishish va nafas qisilishi, eng koʻp uchraydigan jiddiy simptom — xirillash; anafilaksi paydo boʻlishi mumkin[12].

  1. Stirk, Bernadine „Growing Kiwifruit“. Pacific Northwest Extension Publishing (2005). 2020-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
  2. 2,0 2,1 2,2 Morton J. „Kiwifruit: Actinidia deliciosa In: Fruits of Warm Climates, 1987“. Center for New Crops & Plant Products at Purdue University (2011). 2014-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-aprel.
  3. „Kiwifruit production in 2017, Crops/Regions/World list/Production Quantity (pick lists)“. UN Food and Agriculture Organization, Corporate Statistical Database (FAOSTAT) (2018). 2017-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-may.
  4. Kiwifruit: taking its place in the global fruit bowl, 2013 — 1–14-bet. DOI:10.1016/B978-0-12-394294-4.00001-8. ISBN 9780123942944. 
  5. Green, Emily. „Kiwi, Act II“. Los Angeles Times (2002-yil 8-may). 2012-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
  6. Dagestanskiy ucheniy sozdal „rayskiy sad“ na granitse s Azerbaydjanom
  7. „Государственная Ветеринарная и Фитосанитарная Служба Украины // Государственный реестр сортов растений, пригодный для распространения в Украине // стр. 348“. 2016-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Полезные свойства киви — КАЧЕСТВО.ру“. 2015-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel.
  9. „Top 10 Commodities, kiwi fruit, 2013“. 2016-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-may.
  10. 10,0 10,1 10,2 „Киви“. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  11. „Чем интересны киви-фрукт и киви-птица?“. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  12. „Sydney Children's Hospitals Network“ (en). Sydney Children's Hospitals Network. 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.