Kontent qismiga oʻtish

Kiyikpanja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kiyikpanja (Astragalus alopecius) — dukkakdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 80 sm. Poyasi mayin tuklar bilan qoplangan. Barglari murakkab, har bir bargda 10—28 juft yaproqcha bor. Guli sariq, barg qoʻltigʻidan chiqqan toʻpguli shingilsimon oʻrnashgan. Dukkagi 2 xonali, dumaloq, qalin tuklar bilan qoplangan. May oyida gullaydi, dukkagi iyun oxirida pishadi. K. Oʻrta Osiyo togʻ etaklarida koʻp. Quritilgan poya va barglaridan tayyorlangan talqon xalq tabobatida turli xil jarohatlarni davolashda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil