Koʻhiston (Eron)
Qiyofa
Koʻhiston — Erondagi togʻli tabiiy oʻlka. Dashti Kavir va Dashti Lut choʻllari oraligʻida. Aksari meridioval yoki shim. va shim.-gʻarbdan jan. va jan.-sharqqa yoʻnalgan hamda oʻzaro keng soyliklar bilan ajralgan bir necha tizmalardan iborat. Balandligi 1500–2000 m, ayrim choʻqqilari 2500 m dan baland (Murkum togʻi, 2839 m). Togʻ oralaridagi yassi soyliklarning balandligi 800–1200 m boʻlib, shoʻrxoklar bilan qoplangan. Iqlimi keskin kontinental, choʻl iqlimi. Yozi issiq, quruq; qishi birmuncha sovuq. Yillik yogʻin 200 mm gacha. Daryo oʻzanlarida faqat yomgʻir yoqqanda suv oqadi. Oʻsimlik siyrak. Koʻp joylari toshloq, qumloq va shoʻrxokli choʻl. Yaylov chorvachiligi rivojlangan; togʻ oldilarida kichikroq vohalar bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |