Kontent qismiga oʻtish

Koʻhnadaryo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Koʻhnadaryo


Davlat Oʻzbekiston

Koʻhnadaryo, Daryoliq — Amudaryoning qurib qolgan oʻzani. Amudaryo muzlik davrida shu oʻzandan oqib,chuchuk suvli Sariqamish koʻliga quyilgan. Hozir qad. daryo oqiziqlari va shoʻrxoklar bilan toʻlgan. Urganch shahri yaqinidan boshlanib, shimoli-gʻarbga yoʻvaladi.Toshhovoʻz vohasi orqali Koʻhna Urganch shahrigacha boradi, undan gʻarbga yoʻvalib, Boʻten togʻi yaqinida ikki tarmoqqa ajraladi. Oʻz. 300 km. K.ning ikki chetida ariq, kanallarning izlari uchraydi. Amudaryo toshganda suvi K.ga kirib boradi. 1878-yilgi katta toshqinda Amudaryoning suvi K. orqali Sariqamish koʻliga quyilib, koʻl suvi sathini 8 m koʻtargan. K. atrofida barxanlar uchraydi. Uning terrasa (koʻhna qayir)larida qamish, qoʻgʻa, yulgʻun, oqbosh, yantoq va boshqa oʻsadi. Toʻqayzorlar ham bor. Keyingi yillarda K. kollektor boʻlib xizmat qilmokda. Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Turkmanistonning Toshhovoʻz viloyatidagi sizot suvlar K.dan Sariqamishga oqizilmokda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil