Kontent qismiga oʻtish

Koʻrsichqonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻrsichqonlar (Ellobius) - kemiruvchilar turkumiga mansub hayvonlar urugʻi. Tanasi gʻoʻlasimon, uzunligi 13 sm gacha, dumi 0,5–2,2 sm. Yevrosiyoning choʻl va dashtlarida tarqalgan; togʻlarda 4000 m gacha balandlikda uchraydi. Tuzilishi yer ostida yashashga moslashgan. Juni yumshoq va silliq. Boshi katta, quloq suprasi yoʻq, koʻzi juda kichkina va jun bilan qoplangan. Koʻrak tishlari ogʻzidan chiqib turadi. Panjalari qisqa va baquvvat. Uyasi uzun, murakkab va chuqur, asosiy yoʻli 100 m gacha, undan har tomonga uzunligi 20–50 m li qoʻshimcha yoʻllar ketadi. Choʻl ko'rsichqonlaining yozda faoliyati ancha pasayib, yerni kovlashdan toʻxtaydi. Ko'rsichqonlar oʻsimliklarning yer osti qismi bilan oziqlanadi. Qishga oziq gʻamlaydi. Yiliga ikki marta 3–5 tadan bolalaydi. Bitta uyada 10–15 tasi birga yashaydi. Oʻsimlik ildizini qirqib, qishloq xoʻjaligiga ziyon keltiradi. Oʻzbekistonda oddiy ko'rsichqonlar tarqalgan[1].

Ellobius talpinus
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil