Kontent qismiga oʻtish

Koʻchkunchixon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ko‘chkunchixondan yoʻnaltirildi)
nothumb
1500 — 1510 Muhammad Shayboniy
1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon
1512 — 1530 Koʻchkunchixon
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1540 Ubaydulla I
1540 — 1540 Abdulla I
1540 — 1551 Abdullatif
1540 — 1550 Abdulaziz
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1552 — 1556 Burhon sulton
1556 — 1561 Pirmuhammad
1561 — 1583 Iskandarxon
1583 — 1598 Abdullaxon II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nadr Muhammadxon
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydullaxon II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq
1785 — 1800 Amir Shohmurod
1800 — 1826 Amir Haydar
1826 — 1826 Amir Husayn
1826 — 1827 Amir Umar
1827 — 1860 Amir Nasrulloh
1860 — 1885 Amir Muzaffar
1885 — 1910 Amir Abdulahad
1910 — 1920 Amir Olimxon

Koʻchkunchixon, Koʻchim (1452—1530) - oʻzbeklarning Shayboniylar sulolasidan boʻlgan xon.

Abulxayrxon va Robiya Sulton begim (Ulugʻbek mirzoning qizi)ning farzandi. Shayboniyxon tomonidan Turkiston viloyati hokimi etib tayinlangan (1503—09). Movarounvaxr xoni (1510— 30). Shayboniylarning Movarounnahrni bosib olish uchun qilgan yurishlarida faol ishtirok etgan. K. davrida shayboniylar safaviylar bilan urushib, ikki marta (1513/14; 1529) Hirotni egallaganlar. K. davrida Bobur saltanati poytaxti Agra shahriga elchilar yuborilgan. Elchilar Bobur tomonidan tuhfalar bilan koʻtib olingan. Uning davrida koʻp asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilish bobida katta ishlar qilingan, bu oʻtmish tarixiga qiziqish borligidan dalolat beradi. Fors tilidan oʻzbek tiliga Rashiduddinning „Jome at-tavorix“, Sharafuddin Ali Yazdiynit „Zafarnoma“ asarlari tarjima qilingan. Kutubxonalar kengaygan, koʻpaygan. Buxoroda Abdulazizxon kutubxonasi ochilgan. Masjid, Madrasa, xonaqoxlar taʼmirlangan. K. nomi tarixda xongina emas, adabiyot, fan va madaniyat homiysi sifatida ham qolgan.

  • Vosifiy Zayniddin, Badoyeʼ ulvaqoyeʼ [Nodir voqealar], T., 1979;
  • Istoriya Oʻzbekistova [XVI — pervaya poloviva XIX veka], t.Z, T., 1993;
  • Shayboniylar qabrtoshlaridagi bitiklar (oʻzbek, nemis, rus tillarida), Visbaden, 1997[1].
  1. Roziya Moʻminova. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Shayboniylar sulolasi

Shaybon (XIII-asr)
Abdulxayr-xon (1428 - 1468)
Shayboniy-xon (1468 - 1510)

Samarqand
Koʻchkunchi-xon (1510 - 1531)
Abu Saidxon (1531 - 1534)
Abdulla I (1534 - 1539)

Buxoro
Ubaydalla-xon (1512 - 1539)

Davlat birlashish
Abdulla-xon I (1539 - 1540)
Abdullatif (1540 - 1552)
Navroʻz Ahmad (1552 - 1556)

Samarqand

Pirmuhammad I (1556 - 1561)
Iskandar-Sulton (1561 - 1583)

Buxoro

Abdulla-xon II (1556 - 1598)
Abdulmoʻmin (1598)
Pirmuhammad II (1598)