Kontent qismiga oʻtish

Abu Saidxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Saidxon
oʻzbekcha: Abu Saidxon
 
Mansab davri
1530 – 1533
Oʻtmishdoshi Koʻchkunchixon
Vorisi Ubaydullaxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Otasi Ko‘chkunchixon

Abu Saidxon (? – 1533-yil) – oʻzbeklarning Shayboniylar sulolasidan boʻlgan Buxoroning toʻrtinchi xoni (1531-1533-yillar). Koʻchkunchixonning oʻgʻli.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Saidxon Koʻchkunchixonning uch oʻgʻlining eng kattasi boʻlgan. Nasab boʻyicha oʻzbek Shayboniylar sulolasining asoschisi Muhammad Shayboniyning amakivachchasi, temuriy Mirzo Ulugʻbek va oʻzbek xonligi asoschisi Abulxayrxonning nabirasi edi[1].

Harbiy harakatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻijduvon jangi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1512–yilda Abu Said Muhammad Temur Sulton bilan birgalikda Koʻchkunchixon tomonidan Ubaydullaxonga yordam berish uchun yuboriladi. Ular Gʻijduvondagi hal qiluvchi jangda Ubaydullaxon boshchiligida safaviylar ustidan gʻalaba qozondilar. Sunniylik xonlikda islomning hukmron tarmogʻi sifatida saqlanib qolgan.

Qozoqlarga qarshi jangda qatnashish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1516–1517-yillarda Abu Said Ubaydullaxonning qozoq xonlariga qarshi yurishida qatnashdi.

Safaviylarga qarshi yurishlarda qatnashish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1524 va 1528–yillarda Abu Said Ubaydullaxonning Xurosonga yurishida qatnashdi. Bunday janglar u xon etib saylanganidan keyin ham davom etdi. Shayboniylar ham Xuroson va Hirot uchun Safaviylarga qarshi kurashni davom ettirdilar.

Abu Said shayboniylar sulolasining ikki yirik namoyandasi: Suyunchxo‘jaxon (1454—1525-yillar) va Jonibek Sulton (XV asr—1529-yillar) vafotidan soʻng, oliy xon deb eʼlon qilindi.

Abu Saidxon qarorgohi Samarqandda boʻlgan xon hisoblansa-da, mamlakatdagi haqiqiy hokimiyat Shayboniyxonning jiyani Ubaydullohxon qoʻlida edi. Biroq tangalar Abu Saidxon nomiga chiqarilgan. 1532-yilda Xurosonning bir qator shaharlari qoʻlga kiritilgach, Mashhad, Sebzevar va Torbatda tangalar muomalaga chiqarildi[2][3][4][5][6][7].

Madaniy siyosat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ulugʻbek madrasasi yonida Registon maydonining janubiy tomonida Abu Saidxon Ulugʻbek davri ansamblini toʻldiruvchi madrasa qurdirgan. Bu binodan faqat „Chil duxtaron“ nomi bilan mashhur boʻlgan Shayboniylar qabri saqlanib qolgan.

Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Abu Saidxon fors tilini umuman bilmagan[8].

Maʼlumotlarga koʻra, uning besh oʻgʻli boʻlgan: birinchisi – Ugan sulton, ikkinchisi – Sulton Said, uchinchisi – Jovonmardxon, toʻrtinchisi – Sulton Muhammad sulton, beshinchisi – Xudoyberdi sulton. Ugan sultondan nasl qolmagan.

Abu Saidxon 1533-yilda Samarqandda vafot etgan va Registon maydoni yaqinidagi sulolaviy qabrga (daxma) dafn etilgan. Afsuski, XX asrning boshlarida dahma allaqachon vayronaga aylangan. Keyinchalik 1930-yillarda Sovet hukumati tomonidan yoʻq qilingan. Abu Saidxon vafotidan keyin taxtga Ubaydullaxon oʻtirdi. Abu Saidxon davrida Movarounnahrda shayboniylar oʻrtasida Buxoro va Samarqand taxti uchun oʻzaro nizolar davom etgan. U mashhur tasavvuf olimi boʻlmish oʻz vaziri Ofoq Xojaning muridi edi.[9]

  1. „ABŪ SAʿĪD KHAN“. Iranicaonline.org. 2019-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  2. Исфахани 1976, s. 61.
  3. Бартольд 1964, s. 144.
  4. „Потомки Кучкунджи-хана“. Hrono.ru. 2019-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  5. „Потомки Ибрагима. Абу-л-Хайр“. Hrono.ru. 2019-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  6. „Потомоки Шейбана“. Hrono.ru. 2019-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  7. „Род Чингисхана (таблица I)“. Hrono.ru. 2019-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  8. B. V. Norik, Rol shibanidskix praviteley v literaturnoy jizni Maverannaxra XVI v. // Raxmat-name. Spb, 2008, s.239
  9. "Abu Saidxon" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Bartol’d V. V. Obshchiye raboty po istorii Sredney Azii // Sochineniya: v 9 t. Moskva : Vostochnoy literatury, 1964. T. 2, kn. 2. – 1024 s.
  • Bartol’d V. V. Sochineniya. Raboty po istorii i filologii tyurkskikh i mongol’skikh narodov: v 9 t. Moskva : „Nauka“. Glavnaya redaktsiya vostochnoy literatury, 1968. – T. 5. – 759 s.
  • Bartol’d V. V. Sochineniya. Raboty po istochnikovedeniyu : v 9 t.. Moskva : „Nauka“. Glavnaya redaktsiya vostochnoy literatury, 1973. – T. 8. – 725 s.
  • Trever K. V. Istoriya narodov Uzbekistana. Ot obrazovaniya gosudarstva Sheybanidov do Oktabr’skoy Revolyutsii: v 2 t. / Yakubovskiy A. YU., Voronets M. E.. Tashkent: AN UzSSR, 1947. T. 2, vyp. ru. – 514 s.
  • Fazlallakh ibn Ruzbikhan Isfakhani. Mikhman-name-yi Bukhara (Zapiski bukharskogo gostya). – Moskva: Vostochnaya literatura, 1976. – 106 s.
  • ABU SAIDKHON // Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi : [uzb.]. – Toshkent : Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi, 2000—2005. – S. 67. – 879 s.
  • ĠIZHDUVON ZHANGI // Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi : [uzb.]. – Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi : [uzb.]. – Toshkent : Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi, 2000—2005.



nothumb
1500 — 1510 Muhammad Shayboniy
1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon
1512 — 1530 Koʻchkunchixon
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1540 Ubaydulla I
1540 — 1540 Abdulla I
1540 — 1551 Abdullatif
1540 — 1550 Abdulaziz
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1552 — 1556 Burhon sulton
1556 — 1561 Pirmuhammad
1561 — 1583 Iskandarxon
1583 — 1598 Abdullaxon II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nadr Muhammadxon
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydullaxon II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq
1785 — 1800 Amir Shohmurod
1800 — 1826 Amir Haydar
1826 — 1826 Amir Husayn
1826 — 1827 Amir Umar
1827 — 1860 Amir Nasrulloh
1860 — 1885 Amir Muzaffar
1885 — 1910 Amir Abdulahad
1910 — 1920 Amir Olimxon