Kontent qismiga oʻtish

Ko‘ksaroy qarorgohi

Koordinatalari: 41°21′30″N 69°24′21″E / 41.35833°N 69.40583°E / 41.35833; 69.40583
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koʻksaroy qarorgohi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil oktyabr oyida saroyda
Umumiy maʼlumot
Maqomi Prezident qarorgohi
Joylashuvi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasi
Qurilishi boshlangan 1990-yillar oʻrtalari
Egasi Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Dizayn va konstruksiya
Quruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati
Ko‘ksaroy qarorgohi

Koʻksaroy qarorgohi[1] – Oʻzbekiston Prezidentining rasmiy ish joyi[2]. Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanining shimoli-sharqida joylashgan[3].

Koʻksaroy 1990-yillarda sobiq prezident Islom Karimov davrida qurilgan. Saroy uning shahar chetidagi qarorgohi sifatida foydalanilgan, shahar markazidagi Oqsaroy mamlakatdagi ijro hokimiyati qarorgohi vazifasini bajargan. Karimov davrida saroy hovlisida xorijiy davlatlar rahbarlarini qabul qilish uchun foydalanilgan[4][5]. 2016—2017-yillarda yangi saylangan prezident Shavkat Mirziyoyev Oqsaroyni marhum prezident Islom Karimov xotirasi muzeyiga aylantiradi[6]. Mirziyoyevning oʻzi qarorgohini Koʻksaroyga koʻchirgan, shahar markazidagi qarorgoh sifatida esa ilgari Oliy Majlis Senatiga tegishli boʻlgan Mustaqillik maydonidagi bino tanlangan[7][8]. 2020-yil oktyabr oyida Toshkent shahar hokimligi huzurida Koʻksaroy saroyini obodonlashtirish direksiyasi tashkil etildi. Direksiya poytaxt mahalliy budjetidan transport va maxsus texnika xarid qilish uchun 2 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ olgan[9].

Saroydagi xavfsizlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saroy Oʻzbekistondagi eng koʻp qoʻriqlanadigan va himoya qilinadigan hududlardan biridir. Bino va uning atrofidagi hudud Prezident davlat xavfsizlik xizmatining (PDXX) yaxshi qurollangan harbiy xizmatchilari, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi xodimlari va Milliy gvardiya qoʻshinlaridan iborat Prezident qoʻriqchilari tomonidan kecha-yu kunduz va qattiq qoʻriqlanadi.

Saroy hududida Faxriy mehmonlar xiyoboni boʻlib, u yerda koʻplab dunyo rahbarlari, shu jumladan Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov archa koʻchatlarini ekkan[10].

  1. Babur-name. Perevod M. A. Sale. Tashkent. Glavnaya redaksiya ensiklopediy.1992
  2. „231-сон 18.03.2019. О мерах по организации деятельности Управления по обслуживанию государственных резиденций и организации мероприятий Администрации Президента Республики Узбекистан“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 13-mart.
  3. „Мирзиёев ишхонаси Оқсарой, қароргоҳи эса Кўксарой ëнида қурилмоқда“. Озодлик Радиоси (2017-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
  4. „Узбекский президент Мирзиеев переехал в новую резиденцию с "эксклюзивной" отделкой“. Настоящее время. Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
  5. „Flier Beware: Forbidden Airspace Covers Secret Uzbek Resort“ (en). RadioFreeEurope/RadioLiberty. Qaraldi: 2021-yil 13-mart.
  6. „Samarqandda Islom Karimov muzeyi, Toshkentdagi Oqsaroyda esa Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etiladi“. Daryo.uz. Simple Networking Solutions (2017-yil 25-yanvar). Qaraldi: 20-sentabr 2024-yil.
  7. „Uzbek President Starts Using New Residence East Of Tashkent“. www.rferl.org.
  8. „Мирзияев переехал в новую резиденцию в день своего рождения (видео)“. rus.ozodlik.org.
  9. „«Ko‘ksaroy qarorgohi» direksiyasi tashkil etildi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2020-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 20-sentabr 2024-yil.
  10. „Shavkat Mirziyoyev and Sadyr Japarov plant fir tree in Quqsaroy Residence“. akipress.com. Qaraldi: 2021-yil 13-mart.

41°21′30″N 69°24′21″E / 41.35833°N 69.40583°E / 41.35833; 69.40583