Kontent qismiga oʻtish

Kobuli Bogʻ masjidi

Koordinatalari: 29°23′45″N 76°59′21″E / 29.395804°N 76.989137°E / 29.395804; 76.989137
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Kobuli Bogʻ masjidi
Masjidning asosiy kirish qismi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Haryana
Koordinatalar 29°23′45″N 76°59′21″E / 29.395804°N 76.989137°E / 29.395804; 76.989137
Asoschi Bobur
Binokorlik tashabbuschisi Bobur
Asosiy sana:
1527-yil
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Qurilish materiali Marmar

Kobuli Bogʻ masjidi – Hindistonning Xaryana shtatidagi Panipat shahrida joylashgan masjid boʻlib, 1526-yilda boʻlib oʻtgan birinchi Panipat jangida hukmdor Bobur tomonidan Sulton Ibrohim Lodiy ustidan qozonilgan gʻalaba munosabati bilan qurdirilgan. Masjid Boburning rafiqasi Kobuli begim nomi bilan atalgan[1][2].

Masjid Kobul Bogʻ koloniyasida, Panipat tumanidagi Panipat shahri markazidan 2 kilometr (1.2 mi) uzoqlikda joylashgan[1][2][3].

Masjid qurilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy bino 1527-yilda qurilgan. Temuriylar sulolasidan boʻlgan shoh Bobur 1526-yilda Panipatda boʻlib oʻtgan birinchi Panipat jangida Sulton Ibrohim Loʻdiy ustidan gʻalaba qozongan[2][4]. Bu Boburiylarning Hindiston ustidan qozonilgan birinchi gʻalabasi boʻlgan[5]. Boburiylarning Hindistondagi Pathan hukmdorlari ustidan qozonilgan gʻalabasining namoyishi sifatida ushbu yodgorlik Bobur tomonidan qurdirilgan. 1527-yilda Kobuli Bogʻ masjidi qurib bitkazilgan[1][4].

Darvozalar va bogʻ qoʻshilishi (1)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1527-yilda darvoza va uning atrofidagi bogʻ barpo etilgan[5].

Darvozalar va bogʻning qoʻshilishi (2)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boburning oʻgʻli Humoyun Panipat yaqinida Shershoh Suriy avlodlarini magʻlubiyatga uchratgan vaqtida, majmuaga toshli platforma qoʻshib, uni „Chabutra“ Fateh Muborak deb atagan va bu yerda hijriy 934-yil (milodiy 1557-yil) degan bitiklar yozdirgan. Bu binolar va bogʻ hozirgacha Boburning xotini Mussammat Kobuli begim nomi bilan atalgan Kobuli Bogʻi nomi bilan saqlanib qolgan.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inshootning meʼmorchiligi maʼlum darajada Samarqanddagi katta arkli gumbazga ega qirollik masjidlarining aynan nusxasi hisoblanadi. Bobur temuriylar meʼmorchiligini toʻliq takrorlay olmagan, chunki Hindistonda bu turdagi meʼmorchilik namunasini yaratishga qodir boʻlgan hunarmand va muhandislar mavjud emas edi[4].

Binoda 1527-yilga oid yozuv mavjud boʻlib, unda shoh va turmush oʻrtogʻining ismi hamda quruvchi haqida maʼlumotlar keltirilgan[1]. Bu yozuv qora marmar toshga bitilgan[5]. Butun darvoza gʻisht va qizil qumtoshdan qurilgan.

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshma devor ichidagi gʻisht va gips bilan qurilgan masjid shimolga qaratilgan. Masjid burchaklarida shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy yoʻnalishlarda sakkiz burchakli minoralar mavjud[5].

Gʻisht va qizil qumtoshdan qurilgan masjidning kirish eshigi katta arkaga oʻxshash yopiq „qayrilma lintel“ teshigiga ega; uning shpallari bezaklarga ega boʻlib, arkli chuqurchalar bilan bezaklangan toʻrtburchak panellar bilan oʻralgan[1]. Namoz zali katta boʻlib, 53.75 ga 16.5 metr (176 x 54 ft) maydonni egallaydi, yuqori qismi katta gumbaz bilan qoplangan[5].

Namoz xonasi devorida Makka tomon yoʻnaltirilgan qibla mavjud. Ushbu markaziy xona hatto tashqaridan ham keng kirish eshigi orqali yaqqol koʻzga tashlanadi. Bu yerdagi mehrob epigrafga ega boʻlib, unga Qur’onda keltirilgan „Arsh oyati“ bitilgan[5].

Masjid gumbazining koʻrinishi.

Namoz xonasining har ikki tomonida „uch qatorli yon yoʻlaklar“ bilan oʻralgan. Masjidning old tomoni baland boʻlib, ohak gipsli panellardan tashkil topgan. Ikki qatorning har birida toʻqqizta xona mavjud va har bir xona tepasida past silindrsimon tolobatlar ustiga qurilgan yarim sharsimon gumbaz joylashtirilgan. Parapet devorida forscha yozuvlar bitilgan. Chabutra-i-Fateh Muborak – masjidni oʻrab turgan gʻishtli platforma boʻlib, Humoyun davrida Salimshoh ustidan gʻalaba qozonganligi munosabati bilan qurdirilgan[1][2]. Hovlining shimoliy qismiga tosh darvoza oʻrnatilgan[5].

Tashqi galereyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2008-yilda Amerika Hindiston tadqiqotlari instituti tomonidan olingan Kobuli Bogʻ masjidining 82- onlayn rasm galereyasi
  • Haryanadagi hind-islom yodgorliklarining onlayn rasm galereyasi Amerika Hindiston tadqiqotlari instituti tomonidan 2008-yilda olingan

 

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Kabuli Bagh Mosque, Panipat“. Official web site of Haryana tourism Department. Qaraldi: 2015-yil 17-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Kabuli Bagh Mosque“. C.P.R. Environment Education Centre, Chennai. Qaraldi: 2015-yil 17-noyabr.
  3. „KABULI BAGH MOSQUE, PANIPAT“.
  4. 4,0 4,1 4,2 Asher & Talbot 2006.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 Asher 1992.