Kontent qismiga oʻtish

Kodaira (Tokio)

Koordinatalari: 35°43′42.6″N 139°28′38.8″E / 35.728500°N 139.477444°E / 35.728500; 139.477444
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kodaira

小平市
Shahar
Skyline of Kodaira
Kodaira
Bayroq
Kodaira
Gerb
35°43′42.6″N 139°28′38.8″E / 35.728500°N 139.477444°E / 35.728500; 139.477444
Mamlakat Yaponiya
Hukumat
 • Hokim Masanori Kobayashi
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Qachondan beri shahar 1962-yil 1-oktyabr
Maydon 20.51 km2 (7.92 kv mi)
Aholisi
 (Aprel 2021)
195,207
Zichligi 9,500 kishi/km2
Kodaira xaritada
Kodaira
Kodaira

Kodaira (yaponcha: 小平市 Kodaira-shi?) – Yaponiyadagi Tokio Metropolisining gʻarbiy qismida joylashgan shahar. 2021-yilning 1-aprel holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 195.207 kishi. Shaharda 93,654 ta xonadon mavjud. Aholi zichligi har kvadrat kilometrga 9500 kishini tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 20.51 kilometr kvadrat.

Kodaira Tokio Metropoliteni geografik markazi yaqinidagi Musashino platosida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tokyo Metropoliteni:

  • Nishitokyo
  • Tachikava
  • Higashimurayama
  • Higashiyamato
  • Higashikurume
  • Kokubunji
  • Koganei

Kodaira nam subtropik iqlimga ega. Yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻmaydi. Kodairadagi oʻrtacha yillik harorat 14,0 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1647 mm, eng yomgʻirli oy esa sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,5 °C atrofida, eng pasti yanvarda – 2,6 °C atrofida.[2]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra,[3] Kodaira aholisi 1950 va 1960 yillarda eng tez oʻsish ko'rsatkichlariga ega boʻlgan va hamon oʻsishda davom etmoqda. Oxirgi oʻn yilliklarda oʻsish sur’ati sekinlashgan.


Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1920 6,068—    
1930 6,558+8.1%
1940 8,674+32.3%
1950 21,659+149.7%
1960 52,923+144.3%
1970 137,373+159.6%
1980 154,61+12.5%
1990 164,013+6.1%
2000 178,623+8.9%
2010 187,035+4.7%
2020 198,739+6.3%

Hozirgi Kodaira hududi qadimgi Musashi provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Edo davrida Tamagava akveduki ochilishi orqali asosan aholi yashamaydigan hududlarida dehqonchilik bilan shugʻullanish imkoni yaratilgan.

1878-yil 22-iyul, Meiji Islohotidan keyingi yerni qayta taqsimlash jarayonida, hudud Kanagava prefekturasining Kitatama tumaniga kiritildi. 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi bilan Kodaira qishlogʻi tashkil etildi. Kitatama tumani 1893-yil 1-aprelda Tokio metropolisining maʼmuriy nazorati ostiga oʻtdi. Hudud aholisi 1923-yildagi Buyuk Kanto zilzilasidan soʻng, universitetlar va turar-joy binolarining Tokio markazidan koʻchirilishi natijasida keskin oʻsdi. Kodaira 1944-yilda shaharcha maqomiga va 1962-yil 1-oktyabrda shahar maqomiga koʻtarildi.

Kodaira toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan hokim va 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashidan tashkil topgan hokim-kengash boshqaruv shakliga ega. Tokio Metropolisi Assambleyasiga Kodairadan ikki nafar aʼzo qoʻshiladi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan shahar Yaponiya Dietining Quyi Palatasi nazoratidagi Tokio 18-okrug ma'muriy birligi tarkibiga kiradi.

Universitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Tsuda Universiteti
  • Kaetsu Universiteti
  • Musashino San'at Universiteti
  • Hitotsubashi Universiteti (Kodaira kampusi)
  • Shiraume Gakuen Universiteti
  • Shiraume Gakuen Yuqori Maktabi

Boshlangʻich, oʻrta va yuqori maktablar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kodairada Tokio Metropoliteni davlat Taʼlim Kengashi tasarrufidagi 3 ta davlat yuqori maktablarini bor. Shuningdek, nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham mavjud.

  • Kodaira Yuqori Maktabi (東京都立小平高等学校)
  • Kodaira Minami Yuqori Maktabi (東京都立小平南高等学校)
  • Kodaira Nishi Yuqori Maktabi (東京都立小平西高等学校)

Kodairada 19 ta davlat boshlangʻich maktabi, 8ta davlat oʻrta maktabi mavjud.

Davlat oʻrta Maktablari:[4]

Davlat boshlangʻich maktablari:[5]

Kodairada ikki xususiy boshlangʻich maktab, uchta xususiy oʻrta maktab va uchta xususiy yuqori maktab mavjud.

  • Soka boshlang'ich va o'rta maktabi (創価中学校・高等学校)
  • Kinjo yuqori maktabi (錦城高等学校 (私立)
  • Shiraume Gakuen yuqori maktabi (白梅学園高等学校)
  • Don Bosco Salesian boshlangʻich va oʻrta maktabi (サレジオ小学校・中学校|サレジオ小学校・中学校)
  • Tokyo Soka Boshangʻich maktabi (東京創価小学校)

Xorijiy taʼlim tashkilotlari filiallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Korea Universiteti