Komil Jalilov
Komil Jalilov | |
---|---|
Tavalludi |
18-dekabr 1979-yil |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Taʼlimi |
1996-2000 — Samarqand davlat chet tillar instituti (bakalavr) 2000-2002 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura) |
Kasbi | Oʻqituvchi |
Komil Jalilov (1979-yil 18-dekabr, Samarqand, OʻzSSR) — oʻqituvchi, taʼlim boʻyicha mutaxassis[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Komil Jalilov 1979-yil 18-dekabrda Samarqand shahrida tavallud topgan[2].
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlab, 1996–2000-yillarda Samarqand davlat chet tillari instituti bakavr darajasi boʻyichada tahsil olgan. Soʻng 2000–2002-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini va 2017–2018-yillarda London universiteti kolleji Taʼlim institutida (inglizcha: „UCL Institute of Education“, toʻliq: inglizcha: „University College London UCL Inistitute of Education, UK“) Chevening dasturi bo‘yicha “O‘quv dasturlarini ishlab chiqish, pedagogika va pedagogik baholash” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olgan[3]. Bundan tashqari 2007–2008-yillarda AQShning Columbia universitetida „Pedagogik psixologiya va tillarni o‘qitish metodikasi“ yoʻnalishida va 2011–2013-yillarda Toshkent xalqaro Vestminster universitetida „Taʼlim berish va o‘qitish nazariyasi va amaliyoti“ yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirgan[2][4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Komil Jalilov 2001–2005-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyda oʻqituvchi sifatida, 2009–2012-yillarda Toshkent xalqaro Vestminster universiteti huzuridagi akademik litseyda direktor oʻrinbosari lavozimida, 2012–2014-yillarda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida oʻqituvchi sifatida, 2013–2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasida baholovchi va test topshiriqlarini ishlab chiquvchi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida, 2016–2019-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻqituvchi sifatida[2], 2021–2022-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligida metodika bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yildan Toshkent shahridagi Webster universitetida faoliyat yuritmoqda[5].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Komil Jalilov faoliyati davomida bir qancha kitob va qoʻllanmalar yozgan[6].
- 2011-yil — „Ingliz tilidan mavzulashtitrilgan testlar to‘plami“ (“Abituriyent-2011” loyihasi turkumidan);
- 2014-yil — „English: Key to Success“ (2 tomli);
- 2016–2018-yillar — „Exam Skills for Teachers and Learners of English“;
- 2018-yil — „Practice Tests for Exam Skills for Teachers and Learners of English“;
- 2020-yil — „Baholar nazariyasi asoslari“[7].
Maktab darsliklari mojarosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Komil Jalilov 2022-yilda yangi maktab darsliklari yozishda muallif boʻlgan. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda darsliklar yuzasidan eʼtirozlar kelib tushgan. Darslik mualliflari Shavkat Mirziyoyevga murojaat bilan chiqishgan[8][9][10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Gazeta.uz. „Нима ўқиймиз? Таълим бўйича эксперт Комил Жалилов тавсия қилади“ (2023-yi 18-fevral). Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Komil Jalilov“. Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
- ↑ Gazeta. „Beshta fandan imtihon olish qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi?“ (2019-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
- ↑ 1000KITOB tarjimonlari: Komil Jalilov bilan suhbat
- ↑ „Komil Djalilov“. Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
- ↑ „Baholash nazariyasi, asosiy tushunchalar, tamoyillar, qonuniyatlar muhokama qilindi“ (2020-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
- ↑ Komil Jalilov. Baholar nazariyasi asoslari (Testologiya, pedagogik o‘lchovlar). Toshkent: Akademnashr, 2020 — 256-bet. ISBN 978-9943-6498-4-2.
- ↑ Gazeta.uz. „«Bahoni biznes manfaati bo‘lgan shaxslar bermasligi kerak». Darsliklar mualliflari prezidentga murojaat qilishdi“ (2022-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
- ↑ Daryo.uz. „Maktab darsliklari mualliflari Shavkat Mirziyoyevga murojaat bilan chiqdi. Ular tarmoq faollarining kitoblar mazmuniga oid fikrlarini asossiz deb atamoqda (video)“ (2022-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
- ↑ Gazeta.uz. „«Bir yilgina foydalanilgan darslikni qaytadan yaratish uchun ilmiy asoslangan sabab kerak!» — Komil Jalilov“ (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.