Konstantin Bondarev
Konstantin Bondarev | |
---|---|
Tavalludi |
13-sentyabr 1972-yil |
Fuqaroligi | SSSR va Ukraina |
Kasbi | siyosatchi, deputat |
Kostantin Anatolyevich Bondarev (1972-yil 13-sentabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – ukrainalik siyosatchi. VI, VII va IX chaqiriq Ukraina xalq deputati. „Batkivshina“ Butun Ukraina uyushmasi aʼzosi, 2010-yil iyundan beri Kiyev viloyati tashkiloti rahbari. „Ukraina temir yoʻllari“ aktsiyadorlik jamiyatining holatini tekshirish, baholash va Ukraina qonunchiligini buzish masalalari boʻyicha Oliy Radaning vaqtinchalik tergov komissiyasining aʼzosi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konstantin Anatolyevich 1972-yil 13-sentabrda Toshkent shahrida (Oʻzbekiston SSR) ishchi oilasida tavallud topgan. 1981-yilda ota-onasi Lyubov va Anatoliy Bondarev bilan birgalikda Kiyevga koʻchib oʻtgan. Konstantik u yerda 1989-yilda poytaxtdagi 91-sonli maktabni tugatgan.
Bondarev 1989-yilda Kiev muhandislik-qurilish institutiga sanoat va fuqarolik qurilishi mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga kirgan. Oʻqish davrida talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarida faol ishtirok etgan. Asosiy tadqiqot mavzularidan biri „egri chiziqlarni yaqinlashtirish“ edi. Konstantin oʻqish bilan bir qatorda oʻsha paytda mashhur boʻlgan dasturlash tillarida ishlagan va oʻquv dasturlarini yozgan. Oʻshanda biznesdagi ilk qadamlarini qoʻygan[2].
Bondarev 2002-2004-yillarda Kiyev milliy iqtisodiyot universitetida ikkinchi mutaxassisligini iqtisodiy yoʻnalish boʻyicha tahsil olgan.
U ingliz, rus va ukrain tillarini bilgan[3].
Kiyev viloyatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotining faol ishtirokchisi boʻlgan[4].
2007-yil 22-yanvardan „Batkivshina“ partiyasi aʼzosi boʻlgan.
2010-yil iyun oyidan beri „Batkivshina“ Kiyev viloyat partiya tashkiloti rahbari hamda „Batkivshina“ partiyasi Siyosiy Kengashi aʼzosi boʻlan.
Gruziya, Kiyev viloyati, Makariv tumanidagi qishloqda istiqomat qilmoqda. Konstantin oilali va ikki qiz farzandning otasi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Стали известны кандидаты на пост главы Киевской ОГА“ (ru). OBOZREVATEL NEWS (2016-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „Бондарєв Костянтин Анатолійович — вся правда Біографія, Балотування, Фракції, Декларація“. www.chesno.org. 2019-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-noyabr.
- ↑ „Досье: Бондарев Константин Анатольевич“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „О внесении изменений в постановление Правительства Российской Федерации от 1 ноября 2018 г. No 1300“ (ru). government.ru (2020-yil 4-sentyabr). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Константин Бондарев“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.