Kontent qismiga oʻtish

Konyuktivit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kon'yuktivitlar

Qovoq shilliq qavatining yallig'lanish kasalligi
Oftalmologiya, Tibbiyot
KXK-10 H10
KXK-9 372.0
KXK-О 372.30[1], 372.39[2]
DiseasesDB [1]
MedlinePlus 001010

Konʼyunktivit (Conjunctivitis) — qovoqlar shilliq pardasi konʼyunktivaning yalligʻlanishi deyiladi. Konʼyunktivitlar oʻtkir kechadigan va surunkali xilda boʻladi. Ularning paydo boʻlish sabablari juda koʻp va turlicha boʻlib, eng koʻp uchraydigan sabablari shamolda, iflos qoʻl, kir sochiq tufayli koʻzga mikroorganizmlar tushub qolganida yalligʻlanishi va atrof-muhitning nojoʻya taʼsiri natijasida yuzaga keladi.

Konʼyunktivitni etiologiyasi, patogenezi va keltirib chiqaruvchi sabablariga koʻra quyidagicha tasniflanadi:

Konʼyunktivitlar tasnifi
Etiologik nomlari Oʻtkir konʼyunktivitlar Surunkali konʼyunktiYitlar
Bakterial *Epidemik Kox-Uiks *Gonokokkli *Difteriyali *Psevdodifteriyali *Pnevmokkok *Streptokkokli Angulyar blefarokonʼyunktivit
Virusli Epidemik adenovirusli keratokonʼyunktivit *Traxoma *Paratraxoma
Allergik *Bahor konʼyunktiviti, *Fliktenali (silallergik), *Dorilar taʼsiridan *Pollinoz konʼyunktivitlari *Follikulyoz, *Follikulyar konʼyunktivitla
*Artefitsial *Kasbga aloqador konʼyunktivitlar Fizik va kimyoviy omillar (termik va nur taʼsiridan boʻladigan konʼyunktivitlar) Kataral konʼyunkdvit

Bu konʼyunktivitlarni qoʻzgʻatuvchi agentlar turlicha boʻlsa ham bir xil belgilari oʻzaro oʻxshab turadi.

Oʻtkir konyunktivit klinik shakli

Oʻtkir epidemik konʼyunktivit

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻtkir konʼyuktivitning tipik membranali klink shakli

Asosan Kox va Uiks diplobatsillasi vujudga keltiradi. Bu kasallik koʻproq Markaziy Osiyo va tropik iqlimli yerlarda koʻp uchraydi. Bizning iqlimda bu konʼyunktivit aprel-may oylaridan boshlanadi va orada anchagina kamayib, yana avgust-sentyabr oylarida respublikaning chekka viloyatlarida paydo boʻlib, xuruj qilishi mumkin, chunki u oylarda havo juda issiq boʻlib, issiqda terlash, chang vaqtida qoʻl yuvmaslik, umumiy sochiq, yostiq jildi, gigiyenik vositalar va yana pashshalar orqali yuqib odamdan-odamga oʻtavergan. Ayniqsa, koʻproq bolalar va qariyalar kasallanishi mumkin. Bu konʼyunktivit avval bir koʻzda boshlanib, keyin tezgina ikkinchi koʻzga oʻtadi. Kasallikning quidagi asosiy klinik belgisi bor.

  1. Shilliq parda juda koʻp qizarib, shishib, qalinlashadi. Ko‘z soqqasi kon’yunktivasi ham shunchalik shishadiki, u ikkala qovoq orasida qisilganda, uning qon tomirlari torayib, rangi oqaradi. Shuning uchun shox pardadan burun va quloq tomonda u ikkita rangi oqargan uchburchak sifatida koʻrinadi. Ikkinchi simptomi -

10-12 soatdan soʻng koʻzdan juda koʻp quyuq yiring chiqa boshlaydi va uchinchi simptomi koʻz yuqori segmenti konʼyunktivasi ustiga mayda-mayda qon quyiladi. Qovoqlar ham shishadi. Bemorning organizmi quvvatsiz boʻlsa, uning umumiy ahvoli ogʻirlashib isitmasi koʻtariladi. Aʼzoyi badani ogʻrib lohaslanadi. Shu belgilarni koʻrgan umumiy shifokor tashxis qoʻya oladi. Chunki bu kasallikning yana bir belgisi bemor ertalab uyqudan turganda uning qovoqlari qotib, yiring bilan yopishib qolgani uchun u koʻzini ocholmagani ham oʻziga xos belgi boʻladi.

  1. . Bemor oʻz vaqtida davolanmasa kasallik 2-4 haftagacha choʻzilib, uning koʻz shox pardasi zararlanib yaralanish asoratini berib, ko‘rlikka olib borishi mumkin. Bemor batsilla tashuvchi boʻlib qolishi mumkin. Bu kasalga Ibn Sino Osiyo oftalmiyasi deb nom bergan. Hozirgi vaqtda Respublikamizda sogʻliqni saqlash islohlanib

butun shahar- qishloqlarda oliy darajali kadrlar yangi davolanish binolari, asboblari bilan taʼminlangan. Shuning uchun yuqorida yozilgan konʼyunktivitlar juda ham kam uchrashi mumkin[3].

Gonoblenoreya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻtkir konʼyunktivitning gonokokk qoʻzgʻatuvchilari keltirib chiqargan shakli

Gonoblenoreya (Gonoblenorhoeae) — gonokkok qoʻzgʻatuvchilarining qovoq shilliq qavatiga tushishi va yalligʻkanish holatini keltirib chiqarishiga aytiladi . Kasallik koʻpincha chaqaloqlarda va katta odamlarda ham uchrashi mumkin. Bu kasallik deyarli barcha hududlarda koʻp va tez-tez uchraydi va koʻpincha shifoxona ichi infeksiyasiga olibkeladi.

Chaqaloqlar tugʻilish paytida kasal onadan Neisser gonokokkini yuqtiradi va 2-3 kundan soʻng uning koʻzi qizaradi, qovoqlari qattiq shishadi va koʻzidan qizgʻish yuvindi (goʻsht ivindisiga oʻxshash) suyuqlik chiqa boshlaydi, uning qovoqlari qattiq shishgandan koʻkimtir tus oladi va juda taranglashib ochilmay qoladi. Ularning ikkala koʻz shilliq pardasi ham qizarib shishadi va tez qonaydigan boʻladi. Shu vaqtda chaqaloqning ahvoli nihoyatda ogʻir, isitmasi baland, ema olmaydi, uxlamay gʻingshib chiqadi. 3-4 kundan keyin qovoqning shishi kamayib, u yumshab salqib qoladi va koʻzdan juda koʻp sargʻish, quyuq yiring chiqaveradi. Baʼzida bunday shish shox pardaga tazyiq berib, unda moddalar almashinuvini buzadi, epiteliysi yiring bilan tirnalib, xiralanadi va hattoki yaralanishi ham mumkin. Bu yara bitib tuzalgan taqdirda shox pardada chandiq paydo boʻlib, koʻz koʻrmay qoladi yoki uning oʻrtasida paydo boʻladigan sap-sariq yiringli yara yorilib, infektsiya koʻzning ichiga ham kirib boradi. Bunda koʻz ichki pardalari yalligʻlanib, endofialmit panoftalmitga aylanishi mumkin. Yosh bolalarda ham klinik koʻrinish shu tariqa boʻlib, yana ogʻirroq boʻlishi mumkin. Katta odamlar koʻziga infektsiya ularning gigiyenasiga ahamiyat bermaganidan oʻtadi. Bular esa bu kasallikdan yana koʻproq qiynalishadi. Koʻpincha ularda isitma koʻtariladi, butun aʼzoi badani ogʻrib, yuragi ham zararlanadi, qoʻl-oyoqlari qattiq ogʻriydi. Koʻz zararlanishi klinikasi oldingilarnikiga oʻxshasa ham, lekin ogʻirroq oʻtib, shox pardada chandiq yoki u yorilib koʻz puchayib qolishi mumkin[4].

Tashxis qoʻyish kasal koʻzining klinik koʻrinishi va bakteriologik tekshirib gonokokkni aniqlash asosida boʻladi. Shuningdek, klinik belgilar, anamnez maʼlumotlar va instrumental diagnosika tkshiruvlari asosida kasallkni turi aniqlanadi. Zaruriyat boʻlganda qoʻshimch tekshiruvlar olib boriladi

Davolash koʻzni marganes tuzi eritmasi, furatsillinning eritmasi bilan har soatla yuvish, koʻzga penitsillinning (500000:1,0 g) eritmasini, 30% sulfatsil natriy eritmasini tez-tez tomizish, kechalari esa ularning quruq poroshogini bir marta sepaverish bilan davolanadi. Chaqaloq, yosh bola va kattalarga parenteral penitsillin, linkomitsin va boshqalarning katta dozasini qoʻllash kerak va umuman bosh ogʻrigʻi, isitmani tushiruvchi dorilar, vitaminlar beriladi. Koʻzning bu ogʻir kasalligi qancha erta aniqlanib, davolash tezlik bilan boshlansa, kasallik asorati kam boʻladi. Profflaktika uchun hozirgi vaqtda yangi tugʻilgan bola koʻziga tezlik bilan 20°/" natriy sulfatsidi yoki penitsillinning (50000:1,0 mlda) eritmasidan tomizish zarur. Homilador ayollarni esa ayollar maslahatxonasida obdon tekshirib davoalsh shart. (Umuman profilaktika keng qoʻllanganidan bu kasallik hozir juda kam uchraydi)[5].

Difteriyali konʼyunktivit

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xlamidiyali konʼyunktivitning klinik shahli

Difteriya konʼyunktiviti — Leffler batsillasi qoʻzgʻatadi. Koʻpincha u koʻzga tomoq. Burun orali oʻtadi. lsitma koʻtarilishi va atrof limfa bezlarining ogʻrib kattalashuvi qatorida qovoqlar shishib qizaradi, taranglashib ogʻriydi. Koʻz tirqishidan kulrang loyqalangan ingichka ipchalari bor suyuqlik chiqadi. Qovoq qirralari va shilliq pardasining koʻrinishi mumkin boʻlgan qismiga oʻziga xos kulrang-koʻkimtir qalin qavat yopishgan boʻladi. Bu qavatni ozgina yulib olinganda. uning oʻrnidagi qip-qizil shilliq parda qonay boshlaydi va borib-borib shu joylarda nekroz paydo boʻlib, ostidan yiring yigʻilgan boʻladi va bu 2-3 haftadan keyin chandiqlanish bilan tugaydi, simblefaron ham paydo boʻladi. Qattiq shishgan qovoqlar ostidagi shox pardada modda almashinuvining buzilishi va toksinlarning taʼsirida yalligʻlanish paydo boʻladi. Bunga dona-dona infiltrat va tirnalish oʻrni paydo boʻlishi xos. Baʼzida shox pardadagi yara yorilib, endoftalmit. panoftahnit natijasida koʻz nobud boʻladi[6].

Toʻgʻri tashxis qoʻyish uchun bemorning tomogʻi, burnini ham tekshirish, koʻzning zararlanish klinikasiga katta ahamiyat berib, kasalning asosiy belgisi, kulrang koʻkimtir karakni (parda) tekshirish va uni boshqa — pnevmokokk va virusli konʼyunktivitga ham xos boʻlgan yupqa, oqish karakka solishtirib koʻrish zarur. Umuman difteriya va uning konʼyunktiviti hozir juda kam uchraydi, chunki bu kasalga qarshi asosan hamma yosh bolalar emlanadi[7].

Davolashda asosan difteriyaga qarshi zardobdan Bezredko usuli bilan 6000-12000 TB yuboriladi. Qolgani oldingi yalligʻli konʼyunktivitlarga qoʻllangan usul bilan bajariladi. Oʻtkir yuqumli konʼyunktivitlardan biri streptokokk, stafilokokk va pnevmokokklar orqali vujudga keladiganidir. Bunday konʼyunktivitlar oʻrtacha oʻtkir boshlanib, bir oz surunkali davom etadi. Bemor koʻzidan oz-moz qichishish va nomaʼlum „xalaqit“ sezadi. Koʻz tirqishining burun tomonida bir nuqta yo sargʻish yoki kulrang modda koʻrinadi. Konʼyunktia bir oz qizargan boʻladi. Agar qoʻzgʻatuvchisi pnevmokokk boʻlsa. unda ustki qovoqning bir oz qizargan shilligʻi ustida oqish yupqa parda-plenka paydo boʻladi, uni juda yengil ajratib olish mumkin, chandiq qoldirmaydi va qonamaydi. Shu xususiyatlari bilan difteriyadan farqlanadi. Davolash uchun yuqorida yozilgan tomchi dorilardan 8-10 kundan 3 martadan tomiziladi[8].

Oʻtkir virusli konʼyunktivitlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir virusli konʼyunktivitlar hamma oʻtkir konʼyunktivitlar uchun xos simptomlardan tashqari yana bir necha oʻziga xos belgilar bilan ham xarakterlanadi:

  1. Juda oʻtkir va tez yuqadi.
  2. Qovoq va koʻz soqqasi shilliq pardasida infiltrat va follikulalar paydo boladi.
  3. Shox pardada ham koʻpincha mayda va yuza joylashgan infiltrat boʻlishi va uning sezgirligi susayishi mumkin.
  4. Koʻpincha quloq oldi limfa bezlari kattalashadi va paypaslaganda ogʻriydi.
  5. Qovoqlar tirqishi chiqindisining juda kamligidir.

Adenovirusli konʼyunktivit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adenovirusli konʼyunktivit — adenoviruslar keltirib chiqaruvchi konʼyunktivit (faringokonʼyunktivit). Bu konʼyunktivitining uch xil belgisi bor[10].

Bu el uvishib, isitma chiqishi, faringit va yiringsiz follikulli konʼyunktivitlardir. Bu kasallikning 3,5 va 7 serotip adenoviruslar kontakt va havo-tomchi yoʻli orqali yuqtiradi va 7-8 kunlik inkubatsion davridan keyin kasallik boshlanadi. Bemorning issigʻi koʻtariladi, tumov belgilari boʻladi, iyak osti bezlari kattalashadi. Orada isitma bir normaga tushib, yana qayta koʻtariladi va konʼyunktivit ham boshlanib, avvalo bir koʻzda, soʻngra 2-3 kun orasida, ikkinchisiga oʻadi. Qovoqlar shishadi va ozgina shilimshiq va shilimshiq aralash yiring paydo boʻladi. Ular kataral pardali va follikulli boʻladi.

Katar konʼyunktivit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katar koʻrinishidagi turi koʻproq uchrab, konʼyunktivaning qovoq va koʻz soqqasi sathiga oʻtadigan joylarida bir oz shish va qizarish boladi va ozroq shilimshiq-yiringli suyuqlik chiqib yengil oʻtishi bilan xarakterlanadi. Bu 5-6 kun davom etib, bemor 10-15 kunda tuzalib ketadi.

Pardali konʼyunktivit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pardali koʻrinishi anchagina kamroq uchraydi. Pardachasi nozik, oq-kulrang boʻlib, tortganda oʻrnidan beozor koʻchaveradi. Difteriyadan farqli oʻlaroq rangi koʻkimtir boʻlmaydi. Lekin baʼzida bir oz qonashi mumkin. Bunda shox pardada mayda-mayda nuqtali shaklidagi infiltrat paydo boʻladi-yu, tez soʻrilib ketadi[11].

Folikulli konʼyunktivit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Folikulli koʻrinishida konʼyunktivaning togʻay va koʻz soqqasiga oʻtadigan joyida follikulalar paydo boʻladi. Koʻpincha bu follikullar mayda-mayda boʻlib, qovoq konʼyunktivasining bir oz qizarib shishgan ichki va tashqi burchagida joylashadi. Baʼzida esa katta-katta yarim tiniq, yaxnasimon follikullar konʼyunktivada va uning koʻz soqqasiga oʻtar joyida koʻp boʻladi. Lekin buning traxomadan farqi shundaki, bunda follikulalar qizgʻish va chetlari aniq maʼlum qirrali boʻladi va traxomali bemorda isitma, tumov boʻlmaydi.

Epidemik keratokonʼyunktivit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Epidemik (virusli) keratokonʼyunktivitni juda kontagioz 8 serotip virus qoʻzgʻatadi. Inkubatsion davri davomli. Koʻpincha katta odamlarga yuqadi. Odamdan odamga umumiy ishlatiladigan buyumlar, zararlangan koʻz tomchisi va tomizgichlari, qoʻlini sovunlab yuvmagan tibbiy hamshiralar va boshqalar orqali yuqib, butun bir oila aʼzolari yoki turli ishchilar jamoasi kasallanadi. Kasallik tumovga oʻxshab sovuq tushgan faslda tez vaqt ichida boshlanib, bcmorlar oʻz kozida halaqit, yoshlanish, qizarish sezadi, ozroq shilimshiq-yiring chiqadi. Sinchiklab tekshirganda bundan oldingi konʼyunktivitdagiga olxshash oʻzgarishlar topiladi. Bunda pastki qovoq shilliq pardasida va uning koʻz soqqasiga oʻtar joyida koʻp mayda-mayda, tiniq va qizgʻish follikullar paydo boʻladi. Baʼzida juda nozik pardacha boʻlishi mumkin va koʻzda ozgina yiringsiz chiqindi boʻladi. Quloq oldi limfa bezlari va jag' osti limfa bezlari kattalashadi, ogʻriydi. Bemorning boshi ogʻriydi, uyqusizlik boʻlishi mumkin. Biron haftadan soʻng umumiy ahvoli yaxshilanib, shox pardada koʻp tarqalgan, tartibsiz joylashgan koʻp sonli mayda-mayda xiralanish nuqtalari paydo boʻlishi, koʻz yoshi oqishi, koʻz qamashuvi bilan boshlanadi. Shox pardaning sezgirligi kamayadi. Bu holat 1-2 hafta davom etib, 7-8 haftadan keyin asoratlarsiz tuzalib ketadi va immunitet qoldiradi.

Viruslarga qarshi dorilar florenalning 0,1% li eritmasi 4-5 marta, uning 0,5% 1 malhamidan kuniga 2-3 marta, 0,1-0,2% oksalin eritmasi va uning 0,25% malhami quyiladi. Poludannin 4% eritmasidan 2-3 martadan tomiziladi. Bemorga umumiy quvvat beradigan vitaminlar, aloedan 10-15 kun berish mumkin. Davolash viruslarga qarshi dorilarni koʻzga tomizishdan va antibiotiklar, vitaminlarni qoʻllashdan iborat[12].

Profilaktikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Profilaktikasi shu konʼyunktivitni yuqtirgan kasallarni va u bilan birga boʻlgan odamlarni boshqalardan ajratish, ularni davolash uchun ishlatiladigan asbob-uskunalarni ayrim saqlab, obdon sterillash lozim. Tibbiy xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga juda qattiq eʼtibor berishlari zarur[13].

  1. база данных Disease ontology (англ.) — 2016.
  2. Monarch Disease Ontology release 2018-06-29sonu — 2018-06-29 — 2018.
  3. OʻGallagher M, Banteka M, Bunce C, Larkin F, Tuft S, Dahlmann-Noor A (May 2016). „Systemic treatment for blepharokeratoconjunctivitis in children“. The Cochrane Database of Systematic Reviews. 2016 (5): CD011750. doi:10.1002/14651858.CD011750.pub2. PMC 9257284. PMID 27236587.
  4. Isenberg SJ, Apt L, Valenton M, Del Signore M, Cubillan L, Labrador MA, et al. (November 2002). „A controlled trial of povidone-iodine to treat infectious conjunctivitis in children“. American Journal of Ophthalmology. 134 (5): 681-8. doi:10.1016/S0002-9394(02)01701-4. PMID 12429243.
  5. Ratsionalnaya farmakoterapiya v oftalmologii: Ruk. dlya praktikuyuщix vrachey / Ye. A. Yegorov, V. N. Alekseev, Yu. S. Astaxov, V. V. Brjevskiy, A. F. Brovkina i dr.; pod obщ. red. Ye. A. Yegorova. — M.: Litterra, 2004. — 954 s. Ratsionalnaya farmakoterapiya: ser. ruk. dlya praktikuyuщix vrachey t. 7
  6. Hamidova M. N.. Koʻz kasalliklari, 2006, 109 bet.
  7. Gilbert ML, Osato MS. Tobramycin in ophthalmology Arxivnaya kopiya na Wayback Machine. — Surv Ophthalmol. 1987 Sep-Oct;32(2):111-22. — PMID 3317953
  8. Rojko, Yu. I. Konʼyunktiviti: prakticheskoe posobie dlya vrachey / Yu. I. Rojko, Ye. A. Tarasyuk, A. A. Rojko. — Gomel: GU „RNPTs RM i ECh“, 2016. — 124 s.
  9. Обнаружен новый симптом коронавируса Архивная копия от 24 октября 2020 на Wayback Machine (Конъюнктивит может быть одним из симптомов заражения коронавирусом. Об этом предупредила Американская академия офтальмологии), на сайте НТВ, 28.03.2020.
  10. M. N. Hamidova Oftalmologiya, 2006-yil, „Zar — qalam“ — 113 bet.
  11. Wilhelmus KR, Gilbert ML, Osato MS. Tobramycin in ophthalmology Arxivnaya kopiya ot 12 fevralya 2019 na Wayback Machine. — Surv Ophthalmol. 1987 Sep-Oct;32(2):111-22. — PMID 3317953
  12. Ratsionalnaya farmakoterapiya v oftalmologii: Ruk. dlya praktikuyuщix vrachey / V. V. Brjevskiy, A. F. Brovkina i dr.; pod obщ. red. Ye. A. Yegorova. — M.: Litterra, 2004. Ratsionalnaya farmakoterapiya: ser. ruk. dlya praktikuyuщix vrachey t.
  13. Yegorov Ye. A., Astaxov Yu. S., Stavitskaya T. V. Oftalmofarmakologiya. — M. : GEOTAR-MYeD, 2004. — 463 s. Arxivnaya kopiya ot 22 dekabrya 2018 na Wayback Machine