Koreya yarim oroli
Koreya yarimoroli | |
---|---|
Koreya yarim oroli - Sharqiy Osiyoda, Yapon dengizi bilan Sariq dengiz oraligʻida. Maydoni 150 ming km². Oʻz. 600 km chamasida, aksari qismida kengligi 200 km. Koreya yarim orolio.da Koreya Respublikasi va KXDRning katta qismi joylashgan. Yarim orol materik bilan Koreya boʻyni orqali tutashgan. Relyefi, asosan, togʻli, gʻarbida sertepa tekislik. Eng baland joyi — Sharqiy Koreya togʻlaridagi Chirisan choʻqqisi (1915 m). Sharqiy qirgʻoqlari kam parchalangan, gʻarbi va janubida qoʻltiq va buxta koʻp. Iqlimi moʻʼtadil, mussonli, janubida subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida —21° dan janubida 4° gacha, iyulniki 22—26°. Yiliga 900– 1500 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari sersuv, eng muhimlari: Amnokkan, Tumangan, Kimgan va boshqa Keng bargli va doim yashil subtropik oʻrmonlar (jan.da) bilan qoplangan. Vodiylarda sholi, soya, paxta ekiladi. Foydali qazilmalardan volfram, grafit, magnezit uchraydi. Milliy parklar tashkil etilgan. Yana q. Koreya.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |