Kontent qismiga oʻtish

Koronograf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koronograf

Koronograf (lotincha: corona — toj va …graf) — quyosh tojini oʻrganish uchun moʻljallangan teleskop. Quyosh tojidan toʻshayotgan yorugʻlik selostat qurilma yordamida katta masshtabli surat olish uchun uzun fokusli fotokameraga yoʻnaltiriladi. Quyosh tutilishi kam boʻlganligi uchun, Quyosh tojini doimiy kuzatish maqsadida koronografdan foydalaniladi. Unda Quyosh tasvirini toʻsib qoladigan qoʻshimcha disk bor. Koronograf yassi linza, ekran toʻsqich maydon linzasi, diafragma va Quyosh tojining tasvirini fotoqogʻozga tushiruvchi obyektiv linzadan iborat. Shunday koronografni birinchi boʻlib fransuz astronomi B. Lio yasagan (1930) va Pikdyu-Midi (Fransiya) rasadxonasidan Quyosh tojini kuzatgan (1931). Koronograflar yaqin vaqtlargacha dengiz sathidan ancha balandga (Pikdyu-Midida 2870 m, Aroza togʻida 2050 m) oʻrnatilardi.[1]

Koronografda olingan suratlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Koronograf orqali olingan kometa surati — NASA
SOHO observatoriyasidan olingan surat misloli
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil