Kontent qismiga oʻtish

Silikat kislotalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Kremniy kislotalardan yoʻnaltirildi)
Ortosilikat kislota modeli

Silikat kislotalar yoki kremniy kislotalarsilikat angidrid (SiO2)ning suvli hosilalari. Umumiy formulasi — [SiOx(OH)4-2x]n.[1][2] Xususiy hollari: H2SiO3 (metasilikat kislota), H4SiO4 (ortosilikat kislota), H6Si2O7 (pirosilikat kislota), disilikat hamda polisilikat kislotalar maʼlum. Silikat kislota suv bilan kolloid eritma hosil qiladi. Juda kuchsiz boʻlib, qizdirilganda suv va silikat angidridga ajraladi. Metall silikatlarga xlorid kislota yoki ammoniy xlorid taʼsir ettirish yoki kremniy (IV) xlorid SiCl4 ni gidrolizlash yoʻli bilan olinadi. Silikat kislota gellari bugʻ, yogʻ, neft va boshqa moddalarni tozalashda adsorbent sifatida ishlatiladi, tarkibida 2 va undan ortiq kremniy atomi tutgan silikat kislotasi polisilikat kislotalar deb ataladi. Silikat kislota zollari adsorbentlar, kvars shishasi olishda xom ashyo, sanoat qurilmalarida bugʻ va gazlarni yutuvchi modda, suv va mineral moylarni tozalashda filtr sifatida qoʻllanadi.

  1. N. N. Greenwood, A. Earnshaw, Chemistry of the Elements, 2nd ed., Butterworth-Heinemann, Oxford, UK, 1997.
  2. R. K. Iler, The Chemistry of Silica, Wiley, New York, 1979.