Kontent qismiga oʻtish

Ku isitma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ku isitma, Ku rikketsioz, Avstraliya kasalligi, Oʻrta Osiyo isitmasi, Termiz isitmasi — rikketsiya mikroorganizmlari qoʻzgʻatadigan yuqumli isitmali kasallik.

Kasallik birinchi marta 1933 — 1935-yillarda Avstraliyaning Queensland shtatida aniqlangan (nomi shundan olingan). Qoramol, qoʻy, it, ot, tuya, choʻchqa va yovvoyi parrandalar, yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar va odam kasallanadi.

Bunda, asosan, oʻpka zararlanib, isitma chiqadi. Klinik belgilari: kasallikning yashirin davri 8 kundan 4 haftagacha davom etadi. Qisqa muddatli isitma koʻtarilishi, ishtaha yoʻqolishi, shilliq pardalar qizarishi, boʻgʻoz hayvonlarda mastit, vaginit va bola tashlash, erkak hayvonlarda orxit kuzatiladi. Tashxis klinik, epizootologik, epidemiologik holatga qarab qoʻyiladi va qon zardobini tekshirish bilan tasdiqlanadi.

Yuqish usullari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik qoʻzgʻatuvchisi (Rickettsia burneti) kokk yoki tayoqcha shaklidagi rikketsiya. Tabiatda bu kasallik chaqiruvchisi kanalar, kemiruvchilar organizmida saqlanib, kasallik ular ozuqalarni ifloslashi yoki qon soʻrishi paytida yuqadi. Kasal hayvondan rikketsiya sut, siydik, axlat orqali tashqi muhitga chiqadi. Odamga kasal hayvon sutini qaynatmay isteʼmol qilganda, goʻsht mahsulotlari orqali yoki kana chaqqanda yuqadi. Kasallik koʻproq chorvadorlarda, ferma va kushxona xodimlarida uchraydi.

Davolash usullari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davolashda antibiotiklar (xlortetratsiklin, terramitsin, tetratsiklin, levomitsetin) beriladi.

Kasallikning oldini olish uchun yaylov davri paytida qayvonlar kanalarga qarshi va molxonalar kemiruvchilarga qarshi dezinfeksiya qilinadi. Kasallikka gumon qilingan hayvonlarni tana haporati oʻlchanadi. Qoni tekshiriladi, kasallik aniqlansa, tegishli tadbirlar oʻtkaziladi[1].

  1. „Ku isitma“ OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil