Kontent qismiga oʻtish

Kuchaytirgich

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kuchaytirgich (texnikada) - kuchlanish, quvvat va boshqalarni uzatadigan yordamchi manba energiyasidan foydalanib kuchaytiradigan qurilma. Foydalaniladigan energiya turiga qarab elektr, magnit, gidravlik, pnevmatik va mexaniq Kuchaytirgichlar boʻladi. Bu turdagi qurilmalarning oʻzgartgichlardan farqi, Kuchaytirgichda chiqayotgan va kirayotgan signallar orasidagi aloqa uzluksiz va bir xil ishorali boʻladi. Elektromagnit toʻlqin energiyasini oshiradigan, elektr impulyelarini kuchaytiradigan, asosiy mexanizmning taʼsir ku-chini oshiradigan Kuchaytirgichlar bor. Kuchaytirgich avtomatika, telemexaniqa, hisoblash va oʻlchash texnikasi, radioelektronika va aloqadagi qurilmalarning, shuningdek, ish mashinalari (elektroenergetika, mashinasozlik, transportdagi) yuritmalarining asosiy elementlaridan biri. (yana qarang Dielektrik kuchaytirgich, Ibikon, Impulslar texnikasi, Kvant generator, Kvant kuchaytirgich).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil