Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy
Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy arabcha: كلثوم بن عياض القشيري | |
---|---|
February 741 – October 741 | |
Mansab davri 741-yil fevral – oktyabr | |
Hukmdor | Hishom ibn Abdulmalik |
Oʻtmishdoshi | Ubaydulloh ibn al-Habhob |
Vorisi | Balj ibn Bishr al-Qushayriy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti |
741-yil oktyabr Sebou daryosi, Fos shahri yaqini |
Faoliyati | Umaviylar xalifaligi |
Janglari |
Berberlar qoʻzgʻoloni * Baqdura jangi (741) † |
Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy (arabcha: كلثوم بن عياض القشيري) (741-yil oktybar oyida vafot etgan) – 741-yilning fevral oyidan oktyabr oyigacha Umaviylar xalifaligining Ifriqiyadagi hokimi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kulsum ibn Iyod yirik arab qabilasi Banu Amirning Qushayr boʻlimi, Qaysiy qabilaviy ittifoqidan boʻlgan. Umaviy xalifa Hishom ibn Abdulmalik tomonidan 741-yilning fevral oyiida Qayravon (Ifriqiya) hokimi etib tayinlangan. Uning vakolatiga butun Magʻrib hamda Al-Aldalus hududlari ustidan nazorat olib borish kirgan. Kulsum avvalgi hokim Ubaydulloh ibn al-Habhobning oʻrniga tayinlangan edi, chunki Ubaydullohning notoʻgʻri boshqaruvi bugungi Marokash hududida Berberlar qoʻzgʻolonining koʻtarilishiga sabab boʻlgan, shuningdek, 740-yilning oxirida al-Ashraf gʻazotida arab armiyasining magʻlubiyatiga olib kelgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sabry, Fouad. Eredità intellettuale: Lo studioso che ha plasmato la storia e la filosofia, svelando l'eredità di Ibn Khaldun (en). One Billion Knowledgeable, 2024-04-20.
Oʻtmishdoshi: Ubaydulloh ibn al-Habhob |
Ifriqiya hokimi 741 |
Vorisi: Balj ibn Bishr al-Qushayriy |