Ubaydulloh ibn al-Habhob
Ubayd Alloh ibn al-Habhob as-Saluliy (arabcha: عبيد الله بن الحبحاب السلولي) – 724—734-yillarda Umaviylar xalifaligining Misrdagi muhim amaldori. 734—741-yillarda Ifriqiya viloyatining Qayravon shahri hokimi. Aynan uning hukmronligi davrida Magʻrib (Shimoliy Afrika) va al-Andalusda (Pireney yarim oroli) Berberlar qoʻzgʻoloni koʻtarilgan.
Misrdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]724-yilda Umaviylar xalifasi Hishom ibn Abdulmalik Ubaydullohni Misrda sohib al-xiraj yaʼni soliqlar boʻyicha boshliq etib tayinladi. 727-yilda Misr hokimi al-Hurr ibn Yusuf va uning oʻrinbosari Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy Ubaydullohning maʼmuriy vakolatlariga qarshi chiqqanligi bois lavozimidan ozod etilgan[1].
Moliyaviy daromadlarni oshirish maqsadida Ubaydulloh 725-yilda xiroj soligʻini oshirgan va mahalliy misrliklarning oʻrniga arab amaldorlarini ushbu soliqlarni yigʻib olish uchun mas’ul etib tayinlagan. Bu esa 725–726-yillarda Misrda qibtiylarning qoʻzgʻolon koʻtarishlariga sabab boʻlgan. Hech qanday rahbarga ega boʻlmagan tartibsiz qoʻzgʻolonchilar Ubaydulloh va uning askarlari tomonidan qon toʻkilishi orqali bostirilgan[ iqtibos kerak ].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hugh Kennedy, 1998, „Egypt as a Province in the Islamic Caliphate“, in M. W. Daly and C. F. Petry, editors, Cambridge History of Egypt, Cambridge UK: Cambridge University Press, p.74
Oʻtmishdoshi: Ubayda ibn Abdurahmon as-Solemiy |
Ifriqiya hokimi 734–741 |
Vorisi: Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy |