Kundalik, maktub va Umida
Kundalik, maktub va Umida (Дневник, письмо и первоклассница) | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Xabib Fayziyev |
Ssenariynavis(lar) | Valentina Malinovskaya |
Rollarda | Ravshan Xamrayev, Ulugbek Xamrayev, Gulnora Payziyeva, Saboxat Shonasirova |
Bastakor(lar) | Yuriy Ter-Osipov, Adelgirey Makovskiy |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 1984 |
Davomiyligi | 126 min. |
Mamlakat | OʻzSSR |
Til | ruscha |
“Kundalik, maktub va Umida” — 1984-yilda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida Latif Mahmudovning shu nomli qissasi asosida Xabib Fayziyev tomonidan suratga olingan ikki qismli sovet bolalar badiiy televizion filmi. Har bir qismning davomiyligi 63 daqiqa. Undagi kichik sarlavhalari: "Sirli maktub" va "Baxt oʻzi nima?".[1]
Filmning qisqacha mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmda ikkita hikoya parallel ravishda ifodalanadi: biri maktub, biri birinchi sinf oʻquvchisi bilan bogʻliq.
Maktub bilan bogʻliq hikoya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rus tili oʻqituvchisi Alijon Valiyevich 5-sinf oʻquvchisi Ulugʻbekdan otasiga maktub berib yuboradi. Ulugʻbekning maktabda dars oʻzlashtirishi unchalik boʻlmagani uchun oʻqituvchini hiyla-nayrang bilan chaqirgan deb oʻylaydi. Doʻsti Mirvali yordamida otasiga kelgan xatni yashirib, reja tuza boshlaydi. Xayriyatki, otasi aynan oʻsha kuni xizmat safariga joʻnab ketgan va Ulugʻbek oʻzidagi kamchiliklarni tuzatishga bir haftasi bor, ammo doʻsti Mirvali boshchiligida uning ishlari yomon ketmoqda, chunki u oʻz aybiga iqror boʻlish oʻrniga yashirishni afzal bilmoqda.
Birinchi sinf oʻquvchisi bilan bogʻliq hikoya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bir kuni ikki doʻst birinchi sinf oʻquvchisi Umidani yigʻlagan holatda koʻrib qolishdi, chunki unga bir baho qoʻyishgandi. Ulugbek bir bahoni toʻrtga toʻgʻrilab qoʻyadi. Umida uyiga oltita toʻrt baho bilan kelganida, toʻrttasini Umidani oʻzi qoʻygan boʻladi, otasi bundan shubhalanib, oʻqituvchi bilan gaplashishga qaror qiladi. Yigitlar fosh boʻlishdan qoʻrqib, oʻqituvchi nomidan soxta maktub yozib, goʻyoki ikki a’lochi oʻquvchi – Ulugʻbek va Mirvali maktabdan keyin Umida bilan birga shugʻullanishni aytishadi. Darhaqiqat, ular birinchi sinf oʻquvchisi Umidaga saboq berishni boshlaydilar. Mirvali oʻqituvchi rolini oʻz zimmasiga oladi: koʻzoynak taqib, Komenskiy, Gauss, Puassonlardan soʻz ochadi. Lekin oʻqituvchi sifatida hech narsani eplolmaydi, hatto oddiy narsalarni tushuntira olmay qizga oʻshqiradi, Umida qoʻrqqanidan yigʻlab yuboradi. Uning doʻsti Ulugʻbek esa Umidaga misolni oʻrik danaklari yordamida bemalol tushuntiradi.
Natijada qizda oʻqishga nisbatan qiziqish ortadi va Ulugʻbekning otasi xizmat safaridan qaytgach, Alijon Valiyevich maktubda sinf uchun zavodga ekskursiya uyushtirishni soʻraganligi ma’lum boʻladi. Ulugʻbekning shuncha tortgan tashvishlari behudaga ekanligini biladi.
Alaloqibat Ulugʻbek oʻzi uchun “baxt bu – sof vijdon bilan yashashda hamda – oʻzingdan ojizlarga yordam berishingdadir” degan xulosaga keladi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ravshan Hamroyev - Ulugʻbek
- Ulugʻbek Hamroyev - Mirvali
- Gulnora Payziyeva - Munira Botirova
- Sabohat Shonasirova – Umida, 1-sinf oʻquvchisi
- Muhayyo Sodiqova – “Kotiba”
- Rustam Tolibjonov - Botir
- Murod Rajabov - Alijan Valiyevich, rus tili oʻqituvchisi
- Dilorom Qambarova – Gulbahor Timurovna, tarix oʻqituvchisi
- Umida Axmedova - fransuz tili oʻqituvchisi
- Dilbar Qosimova – Ulugʻbekning buvisi
- Salohiddin Ziyomuhamedov – Ulugʻbekning otasi
- Jumadulla Rametov - Umidaning otasi
- Saida Rametova - Umidaning onasi
- Xusan Sharipov – ashula oʻqituvchisi
- Zilola Boʻriboyeva
- Ziyoda Boʻriboyeva
- Dilfuza Komilova
- Abdulhamid Mannonov
- Radjab Adashev – sayyor sirk artisti
- Sevara Azimova
- X.Musaboyev
- T.Meliyev
- Uchqun Rahmonov
- Oʻktam Luqmonova
Suratga olish guruhida:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Postakovkachi-rejissor: Habib Fayziyev
- Postakovkachi-rassom: Anvar Mahkamov
- Qoʻshiq matni: Onegin Gadjikasimov
- Ovoz operatori: Malik Abdurahmonov
- Rejissor: Abdujalil Boʻriboyev
- Montajchi: G.Pann
- Muharrir: A.Xvang
- Musiqa muharriri: E.Paderina
- Pardozchi: N.Shustyak
- Kostyum boʻyicha dizayner: I. Litvinenko
- Kartina direktori: Pavel An
Film musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musiqani SSSR Goskino davlat simfonik orkestri ijro etadi. Dirijyorlar M.Nersesyan, E.Xachaturyan.
Filmda Moskvadagi S.Prokofev nomidagi 1-sonli bolalar musiqa maktabi xori (badiiy rahbar Yu.Vinogradova) ijrosidagi bir qancha qoʻshiqlar oʻrin olgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ДНЕВНИК, ПИСЬМО И ПЕРВОКЛАССНИЦА (1984) Kino-teatr.ru