Murod Rajabov
Murod Rajabov | |
---|---|
Tavalludi |
Murod Yodgorovich Rajabov 30-may 1949-yil |
Vafoti |
8-aprel 2023-yil (73 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 1973—2023 |
Mukofotlari |
Murod Yodgorovich Rajabov (1949-yil 30-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 8-aprel 2023-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek aktyori va rejissyori[1][2]. Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2008-yil).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murod Rajabov 1949-yilning 30-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktyorlik mahorati sababli Oʻzbek kinosining „Temir erkagi“ deb eʼtirof etiladi. 1971-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. „Yosh gvardiya“ o‘zbek drama teatrida faoliyat olib borgan. Kino olamiga 1973-yili suratga olingan „Olovli sohil“ filmida yaratgan kichik epizodi orqali kirib kelgan. 2008-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan[3]. Murod Rajabov 2023-yil 8-aprel kuni 73 yoshida vafot etdi[4].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2008-yil 25-avgust) — Vatan mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish, xalq madaniyati va maʼnaviyatini yuksaltirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, yorqin isteʼdodi, serqirra ijodi, ilmiy faoliyati fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sog‘liqni saqlash, sport va boshqa ijtimoiy sohalarda ko‘p yillik halol mehnati, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki uchun.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turmush oʻrtogʻi — Nafisa Rajabova[5][6]. Qizi — Dildora.
Qiziqarli faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murod Rajabov va Saida Rametova „Sarvinoz“ va „Super kelinchak“, „Chapani oshiq“, „Qora tanli bojalar“, „Superqaynona“, „Qudamni ko‘rmadingizmi“ oʻzbek filmlarida bir necha bor er-xotin rolini ijro etgan.
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Original nomi | Rol | |
---|---|---|---|---|
1973 | f | Огненный берег | Olovli sohil | |
1975 | f | Первые пассажиры | Birinchi yo’lovchilar | |
1976 | f | Мой старший брат | Mening katta akam | Baxtiyor |
1977 | f | Буйный «Лебедь» | Asov „Oq qush“ | Po‘lat |
1977 | f | Великолепный мечтатель | Ajoyib hayolparast | Vahhob |
1977—1984 | s | Огненные дороги | Olovli yo‘llar | G‘ofur |
1977 | f | Озорник | Shumbola | Shumbola |
1977 | f | Это было в Коканде | Bu Qo‘qonda bo‘lgan | Ergash |
1978 | f | Любовь и ярость | Sevgi va g‘azab | |
1978 | f | Чужое счастье | Begona baxt | |
1979 | f | Берегись! Змеи! | Ehtiyot bo‘ling! Ilonlar! | militsiya kapitani |
1979 | f | На ринг вызывается… | Ringga chaqirilmoqda... | |
1979 | f | Отцовский наказ | Otaning ko‘rsatmasi | Umid |
1981 | f | Радуга семи надежд | Yetti umid kamalagi | Vali |
1982 | f | Переворот по инструкции 107 | 107-ko‘rsatmalarga muvofiq to‘ntarilish | Kazmi |
1982 | f | Юность гения | Dahoning yoshligi | Faik |
1983 | f | Пароль — «Отель Регина» | Parol — „Regina mehmonxonasi“ | Rasul Xusanbekov |
1984 | f | Дневник, письмо и первоклассница | Kundalik, xat va birinchi sinf o‘quvchisi | Alijon Valiyevich |
1984 | f | Наедине | Yolg‘izlikda | |
1985 | f | Последняя инспекция | Oxirgi inspeksiya | |
1985 | f | Прощай, зелень лета… | Xayr yoz yashillari... | Qo‘shni |
1986 | f | Тайное путешествие эмира | Amirning maxfiy sayohati | |
1987 | f | По второму кругу | Ikkinchi aylana bo‘yicha | |
1987 | f | Смысл жизни (фильм, 1987) | Hayot mazmuni (film, 1987-yil) | |
1988 | f | Заповедный холм | Daxlsiz tepalik | Pochtachi |
1988 | f | Чудовище или кто-то другой | Maxluq yoki boshqa birov | Rasul Xusanbekov |
1989 | f | Опалённые Кандагаром | Qandahor tomonidan kuydirilgan | Azizov |
1989 | f | Шок | Shok | Nuriyev |
1990 | f | Кодекс молчания | Jimjitlik kodeksi (film, 1990) | Tura Samatov |
1990 | f | Чудо-женщина | Temir xotin | Qo‘chqor-aka |
1990 | f | Динозавры XX века | 20-asrning dinozavrlari | Qahramon Xalilov |
1991 | f | Железный мужчина | Temir erkak | |
1991 | f | По закону джунглей | O‘rmon qonuniga ko‘ra | Ikrom |
1992 | f | Восточный роман | Sharq romani | |
1993 | f | Кодекс молчания 2: След чёрной рыбы | Jimjitlik kodeksi 2: Qora baliq izidan | Tura Samatov |
1994 | f | Младшая | Kichkina | |
1996 | f | Буюк Амир Тимур | Buyuk Amir Temur | |
1998 | f | Любовь | Sevgi | |
1998 | f | Маленький лекарь | Kichkina Tabib | Shuhrat Shodmonov |
—1998 | s | Шайтанат — царство бесов | Shaytanat | |
2000 | f | Паримомо | Pari momo | |
2002 | f | Дронго (телесериал) | Drongo (teleserial) | Pashayev |
2004 | f | Сарвиноз | Sarvinoz | |
2004 | f | Ходжа Насреддин и Азраил | Xoja Nasriddin va Azroil | |
2005 | f | Ko‘zlaring mayus | ||
2005 | f | Друзья | Ulfatlar | |
2005—2005 | s | Близнецы | Egizaklar | Xolid |
2006 | f | Ходжа Насреддин: Игра начинается | Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi | |
2006 | f | Анора | Anora | |
2007 | f | Новый богач | Yangi boy odam | |
2007—2007 | s | Платина | Platina | O‘zbek |
2007 | f | Прости | Kechir | Ma’rufning otasi |
2008 | f | Друзья 2 | Ulfatlar 2 | |
2008 | f | Суперневестка | Super kelinchak | Alisher aka, Diananing qaynotasi |
2009 | f | Жених напрокат | Ichkuyov | aka, Go‘lzaning otasi |
2009 | f | Цунами 2 | Sunami 2 | |
2014 | f | Друзья 3 | Ulfatlar 3 | |
2015 | f | Расплата | Qasos |
Ishlab chiqaruvchi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yil — Pari momo
2005-yil — Ulfatlar
2008-yil — Ulfatlar 2
2014-yil — Ulfatlar 3
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „РАДЖАБОВ Мурад Ядгарович“. 2016-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-mart.
- ↑ "RADJABOV Murad Yadgarovich",Ensiklopediya kino
- ↑ „O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi“. 2023-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-aprel.
- ↑ „O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov olamdan o‘tdi“. kun.uz (2023-yil 8-aprel). Qaraldi: 8-aprel 2023-yil.
- ↑ Madaniyat kanali(oʻzb.)
- ↑ „“O‘zbekning asl tabiatini asrab qolishimiz lozim” – Murod Rajabov“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 9-dekabr.