Kontent qismiga oʻtish

Kurdonyor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kurdonyor (frans. cour dʼhonneur — xos hovli) — saroy kabi hashamatli bino tarkibida tashkil etilgan yarim ochiq hovli, yarim ochiq hovlili saroy. Ularning old tomoniga hamda yon qanotlariga baʼzan qator ustunlar ishlanib, koʻcha, tashqi maydon va yoʻldan toʻsiqlar bilan ajratilgan. 17—19-asr boshlarida Yevropa meʼmorligida keng tarqalgan. Zamonaviy meʼmorlikda baʼzan binoning tashqi koʻrinishini hashamatli qilib koʻrsatishda qoʻllanadi. Masalan, Toshkent viloyat ijroqoʻmining sobiq binosi (hozir Alisher Navoiy nomli adabiyot muzeyi va rus tomoshabinlar teatri).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil