Kurshunlu sharsharasi
Kurshunlu sharsharasi - Turkiya davlatining Antalya viloyatida joylashgan sharshara. Antaliyaning markaziy tumani chegaralari ichida joylashgan Kurshunlu sharsharasiga Antaliya Isparta yoʻlining 24-kilometridan 7 kilometrlik sayohat bilan borish mumkin. 2 km uzunlikdagi kanyonda joylashgan Kurshunlu sharsharasi 1986-yilda bogʻga aylantirilib tashrif buyuruvchilarga ochildi.
Sharshara haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Antaliyaning tabiiy goʻzalligining bir boʻlagi boʻlgan Kurshunlu sharsharasi koʻrishni tavsiya qiladigan joylardan biridir. Boy oʻsimliklar ichida oqayotgan suvlari, shovqini bilan tashrif buyuruvchilarni oʻziga jalp etadi. Kurshunlu sharsharasi 1991- yilda tabiat bogʻi deb eʼlon qilingan. Odatda Kurshunlu sharsharasi atrofida qizil qaragʻay daraxtlarini koʻrish mumkin. Qolaversa, u yerda chinor, dafna, yovvoyi zaytun, tol, anjir daraxtlarini uchratish mumkin .
Hususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kurshunlu sharsharasiga 18 metr balandlikdan suv quyiladi va 7 ta kichik suv havzasi kichik sharsharalar bilan bir-biriga bogʻlangan. Kurshunlu sharsharasi 2 kilometrlik kanyon ichida joylashgan. Bu hudud 1986-yilda istirohat bogʻiga aylantirilib, tashrif buyuruvchilar uchun ochilgan. Sharshara va sayr qilish maydoni 33 gektar maydonni egallaydi. Piknik maydonida: manzarali teraslar, bolalar maydonchasi, restoran, avtoturargoh, yurish yoʻlaklari, ichimlik suvi, hojatxona mavjud.
Kurshunlu sharshara atrofida, doʻlana, qoraqaragʻay, yovvoyi atirgul, eyforiya, archa, eman, timyan, yovvoyi yalpiz, paporotnik kabi oʻsimlilar va uzumzorlar tashkil qiladi. Suv oʻsimliklaridan (suv ustidagi) shingil, suv yalpizi, qamish (suv ichidagi), tolasimon yashil suvoʻtlar, (suzuvchi oʻsimlik) nilufar gullarini koʻrish mumkin.
Mavjud xizmatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavjud xizmatlar va turar joy: apreldan dekabrgacha parkga tashrif buyurish uchun eng yaxshi vaqt. kunlik pikniklar va tabiat qoʻynida sayr qilish tashrif buyuruvchilar qilishlari mumkin boʻlgan xizmatlardan biridir. Tabiat bogʻida tashrif buyuruvchilar oʻzlarining oziq-ovqat va ichimliklar ehtiyojlarini qondirishlari mumkin boʻlgan joylar ham mavjud.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Antaliya sharsharalari va Kurshunlu sharsharasi 9 Mayıs 2008 tarihinde
- Kurshunlu sharsharasi rasmiy veb-sayti 7 Ocak 2020 tarihinde