Kontent qismiga oʻtish

Kushka

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kushka
Tavsif
Uzunligi 277
Suv sarfi 3,52 m³/s
Davlat Turkmaniston va Afgʻoniston

Kushka yoki Gushgy (turkmancha: Guşgy[1]) — Afgʻoniston va Turkmanistondagi daryo. Murgʻob daryosining eng yirik chap irmogʻi. Paropamiz togʻ tizmasining shimoliy tarmoqlaridan boshlanadi. Oʻz. 277 km (shundan qariyb 150 km Afgʻoniston hududida), havzasining maydoni 10,7 ming km². Atmosfera yogʻinlari va qor erishidan toʻyinadi. Yozda qurib qoladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish joyida 3,52 m³/sek. K. vodiysida Sarhadobod shahri joylashgan[2].

  1. „Mary welaýat taryhy we ülkäni öwreniş muzeýi“. www.marymuseum.gov.tm. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil