Kontent qismiga oʻtish

Lava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Lahimdan yoʻnaltirildi)

Lava (italyancha: lava — oʻpirilish) — vulkan kraterlari, yer yoriqlaridan oqib yoki otilib chiqadigan olovsimon suyuq va qovushqoq modda (magma). Lavaning sovib qotishidan effuziv togʻ jinslari hosil boʻladi. Lavaning harorati kimyoviy tarkibi va undagi gaz miqdoriga qarab keskin farq qiladi. Masalan, Iile-veluch (Kamchatka) vulkani andezitli lavasining temperaturasi 700—750°, Lassen-Pik (Kaliforniya) datsit lavasiniki — 75°, Klyuchi Sopkasi bazalt lavasiniki — 870—1200° boʻlgan. Tarkibidagi silikat kislota (SiO2)HHHr miqdoriga qarab asosli (SiO2 < 52%), oʻrta (SiO2 > 65%) va nordon (SiO2 < 65%) Lava larga boʻlinadi. Asosli va oʻrta Lavalardan bazalt, andezit va diabazlar paydo boʻladi. Nordon Lava quyuqroq boʻlgani uchun katta maydonlarga yoyilmay doʻnglik (gumbaz)lar hosil qiladi. Odatda, nordon Lavalar uchuvchan kompo-nentlarga boy boʻlib, shiddatli vulkan otilishlarini vujudga keltiradi. Nordon Lavadan kvarsli porfir, liparit, datsit, felzitlar hosil boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil