Lance Bouma
Lance Bouma | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
25-mart 1990-yil Provost, Alberta, Kanada | ||
Boʻyi | 6 ft 1 in (185 cm) | ||
Ogʻirligi | 210 lb (95 kg; 15 st 0 lb) | ||
Pozitsiyasi | hujumchi | ||
SHL Sobiq jamoalar |
Malmö Redhawks Calgary Flames Chicago Blackhawks Genève-Servette HC IK Oskarshamn | ||
NHLga kirish drafti |
78-oʻrindagi tanlov, 2008 Calgary Flames | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2010—hozirgacha |
Lance Gordon Bouma (talaffuzi: Lens Jordon Bouma) (1990-yil 25-martda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Lance Bouma hozirda Shvetsiya xokkey ligasining (SHL) „Malmö Redhawks“ xokkey jamoasi bilan oʻynaydi.
Oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havaskor
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lance Bouma 2005-yilda Gʻarbiy xokkey ligasi (WHL) Bantam loyihasida „Vancouver Giants“ xokkey klubi safiga qabul qilindi[1]. Lance Bouma 2005—2006-yilgi mavsumning koʻp qismini Rural Alberta Midget xokkey ligasida xokkey oʻynab oʻtkazdi[2]. Lance Bouma WHLning 2006—2007-yilgi mavsumida „Vancouver Giants“ xokkey klubining doimiy aʼzosiga aylandi. Lance Bouma jamoa safida Kanada xokkey ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi[3].
2007—2008-yilgi mavsumda Lance Bouma „Vancouver Giants“ xokkey klubi safida 71 ta oʻyinda maydonga tushdi. Lance Bouma 2008-yilgi NHL kirish loyihasining uchinchi raundida „Calgary Flames“ xokkey klubi safiga 78-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi[4].
Professional
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilgi WHL pley-off oʻyinlarida Lance Bouma „Calgary Flames“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Abbotsford Heat“ xokkey jamoasi safida beshta pley-off oʻyinida maydonga tushdi[5]. Lance Bouma AHL pley-off bosqichining ikkinchi bosqichida „Hamilton Bulldogs“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda bitta gol urishga muvaffaq boʻldi[6].
2011-yil 3-fevralda Lance Bouma „Calgary Flames“ xokkey klubi tomonidan birinchi marta NHLga chaqirib olindi[7]. Lance Bouma NHLdagi ilk oʻyinini klub safida „Los Angeles Kings“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[8].
2014—2015-yilgi mavsumdan soʻng, Lance Bouma NHL jamoaviy kelishuviga binoan cheklangan erkin agentga aylandi. „Calgary Flames“ klubi unga NHL huquqlarini saqlab qolish uchun saralash taklifini berdi. Shundan soʻng, 2015-yil 5-iyulda Bouma ish haqi arbitrajiga ariza berdi[9].
2017-yil 30-iyun Lance Bouma „Calgary Flames“ xokkey klubini tark etdi[10]. 2017-yilning 1-iyulida Lance Bouma „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[11].
2018-yil 15-avgustda Bouma NHLdagi yetti mavsumidan so‘ng, Shimoliy Amerikani tark etib, Milliy liga (NL) vakili „Genève-Servette HC“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[12].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lance Bouma oʻzining oʻrta maktabda birga oʻqigan sinfdosh qizi Penelopa bilan turmush qurgan va ularning Tristan, Olivia va Beau ismli uchta farzandi bor.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2005—2006 | Vancouver Giants | WHL | 5 | 1 | 3 | 4 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2006—2007 | Vancouver Giants | WHL | 49 | 3 | 5 | 8 | 31 | 22 | 3 | 3 | 6 | 12 | ||
2007—2008 | Vancouver Giants | WHL | 71 | 12 | 23 | 35 | 93 | 10 | 0 | 1 | 1 | 8 | ||
2008—2009 | Vancouver Giants | WHL | 48 | 9 | 16 | 25 | 116 | 17 | 7 | 5 | 12 | 30 | ||
2009—2010 | Vancouver Giants | WHL | 57 | 14 | 29 | 43 | 134 | 16 | 4 | 13 | 17 | 47 | ||
2009—2010 | Abbotsford Heat | AHL | — | — | — | — | — | 5 | 1 | 0 | 1 | 2 | ||
2010—2011 | Abbotsford Heat | AHL | 61 | 12 | 8 | 20 | 53 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Calgary Flames | NHL | 16 | 0 | 1 | 1 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Abbotsford Heat | AHL | 31 | 3 | 3 | 6 | 53 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Calgary Flames | NHL | 26 | 1 | 2 | 3 | 11 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Abbotsford Heat | AHL | 3 | 1 | 0 | 1 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Calgary Flames | NHL | 78 | 5 | 10 | 15 | 41 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Calgary Flames | NHL | 78 | 16 | 18 | 34 | 54 | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
2015—2016 | Calgary Flames | NHL | 44 | 2 | 5 | 7 | 31 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Calgary Flames | NHL | 61 | 3 | 4 | 7 | 35 | 3 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
2017—2018 | Chicago Blackhawks | NHL | 53 | 3 | 6 | 9 | 36 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | Rockford IceHogs | AHL | 20 | 7 | 7 | 14 | 10 | 13 | 1 | 1 | 2 | 12 | ||
2018—2019 | Genève-Servette HC | NL | 3 | 0 | 2 | 2 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | Ontario Reign | AHL | 57 | 10 | 10 | 20 | 63 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | IK Oskarshamn | SHL | 21 | 6 | 7 | 13 | 47 | — | — | — | — | — | ||
2021—2022 | Malmö Redhawks | SHL | 51 | 9 | 15 | 24 | 45 | — | — | — | — | — | ||
NHL jami | 357 | 30 | 46 | 76 | 210 | 5 | 0 | 0 | 0 | 4 | ||||
SHL jami | 72 | 15 | 22 | 37 | 92 | — | — | — | — | — |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 2009–10 WHL Guide Flett, Cory: . Western Hockey League — 140-bet.
- ↑ „Lance Bouma player card“. Calgary Flames Hockey Club. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
- ↑ „2007 Memorial Cup History“. Canadian Hockey League. 2011-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
- ↑ „Draft notebook“. Victoria Times-Columnist (2008-yil 22-iyun). 2012-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
- ↑ „Lance Bouma player card“. Calgary Flames Hockey Club. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.„Lance Bouma player card“. Calgary Flames Hockey Club. Retrieved February 4, 2011.
- ↑ Gaffar. „The Heat win in the valley“. News1130 (2010-yil 7-may). 2011-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
- ↑ Tucker. „"A dream come true" for Abbotsford Heat's Lance Bouma“. Abbotsford Times (2011-yil 4-fevral). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
- ↑ Cruickshank. „Bouma finds debut memories last a lifetime“. Calgary Herald (2011-yil 6-fevral). Qaraldi: 2011-yil 6-fevral.
- ↑ „Deadline of player filed salary arbitration today“. flamesnation.com (2015-yil 5-iyul). 2015-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-iyul.
- ↑ „Bouma, Murphy placed on waivers“. Calgary Flames (2017-yil 30-iyun). Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
- ↑ „Blackhawks sign Bouma, Berube to contracts“. NBC Chicago (2017-yil 1-iyul). Qaraldi: 2017-yil 1-iyul.
- ↑ „GSHC signs it two foreign attackers“ (French). Genève-Servette HC (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.