Langtang Ri
Langtang Ri | |
---|---|
Joylashuvi | Nepal, Xitoy |
Uzunligi | 7205m |
Ilk koʻtarilishi | 1981-yil 10-oktabr C.Nasu,M.Vakao,N.Yamada, A.Rindji Shirpa |
Langtang Ri ( nepalcha: लाङटाङ री ; hindcha: लांगटांग री ) - Himoloy togʻlaridagi choʻqqi. Nepal Bagmati zonasi va Xitoyning Tibet avtonom viloyati o'rtasidagi chegarada joylashgan. U Shishabangma (8027 m) va Porong Ri (7292 m) ni o'z ichiga olgan cho'qqilar guruhiga kiradi.
Toqqa chiqish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cho'qqi birinchi marta janubiy tizma orqali Xideyuki Uematsu boshchiligidagi yapon-nepal ekspeditsiyasi tomonidan zabt etildi. 1981 yil 20 sentyabrda alpinistlar tayanch lagerini qurdilar. 30-sentabr kuni, eng kuchli bo'rondan so'ng zudlik bilan 2-sonli lager tashkil etildi. 2 oktyabr kuni ular bir necha kunlik dam olish uchun tayanch lagerga qaytishdi. 10 oktabrda yaponiyalik Noboru Yamada, Makixiro Vakao, Soichi Nasu va nepallik Ang Rinji Sherpa cho‘qqiga chiqdi [1] .
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Doug Scott, Alex MacIntyre. The Shishapangma Expedition. HarperCollins Publishers, 1984. ISBN 0-246120-13-4.