Larisa Griga
Larisa Griga Larysa Hryha | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shaxsiy maʼlumoti | ||||||||||||||
Tugʻilgan paytidagi ismi | Larisa Valeriïvna Griga | |||||||||||||
Mamlakat | Ukraina | |||||||||||||
Tavalludi |
31-may 1984-yil Dnipropetrovsk, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi | |||||||||||||
Yashash joyi | Uppsala, Shvetsiya | |||||||||||||
Boʻyi | 1.70 m | |||||||||||||
Vazni | 65 kg | |||||||||||||
Murabbiyi |
Semenuta V PG Jonsson Makhnovskiy Gennadiy | |||||||||||||
Ayollar yakkaliklari & juftliklari | ||||||||||||||
Eng yuqori reyting |
29 (AY 11-avgust 2011) 330 (AyJ 14-mart 2013) | |||||||||||||
Medallari va yutuqlari
|
Larisa Valeriïvna Griga (ukraincha: Лариса Валеріївна Грига, Larysa Valeriivna Hryha; 1984-yil 31-mayda tugʻilgan) — ukrainalik badmintonchi[1][2]. U 2003-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida qizlar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida oltin medal sohibi boʻlgan[3]. Griga 2008 va 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan[4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Larisa Griga Ukrainada badminton boʻyicha oʻtkazilgan chempionatlarning koʻp karra gʻolibi. U yerda Griga ayollarning juftlik va yakkalik bahslarida oʻynaydi. Xalqaro miqyosda esa u ayollar yakkalik bahslarida faolroq.
U 2005-yilda Anahaimdagi IBF boʻyicha jahon chempionatida oʻynadi va ikkinchi bosqichga chiqdi (bu bosqichda ikkinchi raqam ostidagi xitoylik Xie Xingfangga magʻlub boʻldi)[5].
BC Amersfoort jamoasi tarkibida Griga Amersfoortda boʻlib oʻtgan Yevropa kubogi-2007 finaliga chiqdi. Lotte Bruil-Jonathans, Yao Ji, Dicky Palyama va Eric Pang bilan birgalikda finalda NL Primorje jamoasiga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi. Yarim finalda ular CB Rinconada uchun juda kuchlilik qildi va gʻalaba qozondi. 2008-yilning kuzidan beri Griga Shvetsiyaning Uppsala shahridagi Fyrisfjädern klubida oʻynamoqda.
2008-yil aprel oyining oxirida u Gollandiya xalqaro turnirida ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida gʻolib chiqdi. 2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Griga badminton boʻyicha individual turnirda ishtirok etdi. U birinchi davrada italiyalik Agnese Allegrini ustidan 2:0 set bilan gʻalaba qozondi. 32-turda esa hindistonlik badmintonchi Saina Nexvalga bir xil hisobda yutqazdi.
2010-yilda Griga Xarkov xalqaro turnirida Mariya Ulitinaga qarshi final uchrashuvida ayollar toifasida gʻalaba qozondi.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qizlar yakkaliklari
Yil | Joy | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|
2003 | Esbjerg badminton markazi, Esbjerg, Daniya | Nanna Brosolat Jensen | 11–9, 11–9 | Oltin |
BWF Grand Prisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]BWF Grand Prisi ikki darajaga ega edi: Grand Pri va Grand Pri Oltin. Bu Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan va 2007 hamda 2017-yillar oraligʻida oʻtkazilgan badminton turnirlari seriyasi hisoblanadi.
Ayollar yakkaliklari
Yil | Turnir | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|
2008 | Rossiya ochiq turniri | Ella Diehl | 10–21, 21–17, 12–21 | Ikkinchi oʻrin |
- BWF Grand Pri Oltin turnirlari
- BWF Grand Pri turnirlari
BWF xalqaro musobaqalari/seriyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayollar yakkaliklari
Yil | Turnir | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|
2007 | Gollandiya xalqaro turniri | Kati Tolmoff | 21–12, 15–21, 20–22 | Ikkinchi oʻrin |
2007 | Viktoriya xalqaro turniri | Ragna Ingolfsdottir | 21–11, 21–10 | Gʻolib |
2007 | North Shore xalqaro turniri | Lê Ngọc Nguyên Nhung | 21–19, 21–14 | Gʻolib |
2007 | Belgiya xalqaro turniri | Elizabet Kann | 21–15, 16–21, 21–18 | Gʻolib |
2007 | Norvegiya xalqaro turniri | Julian Schenk | 12–21, 17–21 | Ikkinchi oʻrin |
2008 | Gollandiya xalqaro turniri | Yu Vakita | 21–19, 21–19 | Gʻolib |
2008 | Norvegiya xalqaro turniri | Chjan Xi | 18–21, 15–21 | Ikkinchi oʻrin |
2008 | Italiya xalqaro turniri | Julian Schenk | 21–15, 13–21, 17–21 | Ikkinchi oʻrin |
2010 | Xarkov xalqaro turniri | Mariya Ulitina | 21–14, 17–21, 21–13 | Gʻolib |
2010 | Norvegiya xalqaro turniri | Olga Konon | 17–21, 7–21 | Ikkinchi oʻrin |
2011 | Polsha ochiq turniri | Yuka Kusunose | 21–15, 21–16 | Gʻolib |
2011 | Belgiya xalqaro turniri | Olga Konon | 12–21, 13–21 | Ikkinchi oʻrin |
Ayollar juftligi
Yil | Turnir | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2003 | Le Volant d’Or de Tuluza | Elena Nozdran | Kamila Avgustin Nadieżda Kostiuchyk |
10–15, 2–15 | Ikkinchi oʻrin |
- BWF xalqaro musobaqasi turnirlari
- BWF xalqaro seriyasi turnirlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Players: Larisa Griga“. bwfbadminton.com. Badminton World Federation. Qaraldi: 23-oktabr 2016-yil.
- ↑ „Larysa Hryha“. www.sports-reference.com. Sports Reference LLC. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-oktabr 2016-yil.
- ↑ „European Junior Championships, Individuals“. badmintoneurope.com. Badminton Europe. Qaraldi: 26-oktabr 2019-yil.
- ↑ „Larisa Griga“. www.olympic.org. International Olympic Committee. Qaraldi: 23-oktabr 2016-yil.
- ↑ „Chinese top seeds Lin and Zhang advance“. www.dawn.com. DAWN. Qaraldi: 23-oktabr 2016-yil.