Kontent qismiga oʻtish

Lassana Camará

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lassana
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lassana Camará[1]
Tavallud sanasi 29-dekabr 1991-yil (1991-12-29) (32 yosh)[1]
Tavallud joyi Bisau, Gvineya-Bisau[1]
Boʻyi 1.70 m[1]
Ampluasi markaziy yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006–2010 Benfica
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010–2011 Benfica 0 (0)
2010–2011   Servette 7 (0)
2011–2012 Valladolid 2 (0)
2012–2013 Académica 0 (0)
2014 Botafogo-BA
2014–2015 Braga B 21 (0)
2016–2017 Académico Viseu 10 (0)
2017–2018 Leixões 1 (0)
2018 Olhanense 3 (0)
2019 Gloria Buzău 1 (0)
Milliy terma jamoa
2007–2008 Portugaliya U17 3 (0)
2008–2010 Portugaliya U19 32 (2)
2011 Portugaliya U20 13 (0)
2011 Portugaliya U21 3 (1)
2014– Gvineya-Bisau 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 9-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 25-mart uchun)

Lassana Camará (1991-yil 29-dekabrda tugʻilgan), Bissau-Gvineyalik futbolchi, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Shuningdek, Lassana Portugaliya fuqaroligiga ega[2].

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lassana Bisau shahrida tugʻilgan, S. L. Benfika akademiyasida toʻrt yil tahsil oldi va oʻsmirlikdagi soʻnggi mavsumida 33 oʻyinda ikkita gol urdi. Lassana oʻzining professional faoliyatini Shveysariyaning Servette klubida boshladi. 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida jarohat olgani sababli, faqat 2011-yil yanvarida musobaqalarga qaytdi. Sobiq Benfika oʻyinchisi va uning yoshlar jamoasi murabbiyi boʻlgan Joao Alves boshchiligidagi jamoa Super Ligaga koʻtarilgan mavsumda, Lassana ikkinchi divizionda atigi 257 daqiqa maydonda boʻldi.

Lassana 2011-yilning 9-iyulida Ispaniyaning Real Valyadolid klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[3]. Uning birinchi va yagona mavsumi yakunida klub ikki yillik tanaffusdan soʻng La Ligaga qaytdi, biroq Lassana atigi 33 daqiqa maydonda toʻp surdi. Keyinchalik, rahbariyat va direktorlar kengashi bilan bir qator kelishmovchiliklar tufayli Lassana klubni tark etdi[4][5].

2014-yilning 30-avgustida, deyarli ikki yil davomida biror klubga aʼzo boʻlmagan va Braziliyada qisqa muddat oʻynagan Lassana, S. C. Braga jamoasiga qoʻshildi hamda Segunda Ligasida zaxira jamoasi tarkibiga kiritildi[6]. Lassana keyingi yillarda ham oʻsha darajada qoldi, Académico de Viseu FC va Leixões SC klublari safida ham juda kam oʻyinda maydonga tushdi[7].

Lassana 2019-yilning yanvar oyi oxirlarida Ruminiyaning III ligasidagi SCM Gloria Buzău jamoasiga oʻtib ketdi[8].

Milliy terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lassana Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida jami 51 ta oʻyin oʻtkazdi, shundan 13 tasi 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasi safida. Lassana 2011-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchta oʻyinda maydonga tushdi va jamoasining finalga chiqishiga yordam berdi[9][10].

Lassana 2014-yilda Gvineya-Bissau milliy terma jamoasi safiga qoʻshildi va 2-avgust kuni oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Lassana 2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasida Botsvana bilan boʻlib oʻtgan va 1:1 hisobida yakunlangan uy oʻyinida 59 daqiqa oʻynadi[11].

Gloria Buzău

  • Liga III: 2018-19-yillar

Portugaliya U20

  • Shahzoda Genrix ordeni[12]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Sana“ (Portuguese). Mais Futebol. Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  2. „Presidente Cavaco Silva condecorou selecção nacional de futebol sub-20“ (Portuguese). Arquivo Presidência (2011-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-mart.
  3. „Sana: "Voy a demostrar por qué el Real Valladolid ha confiado en mí"“ (Spanish). El Norte de Castilla (2011-yil 10-iyul). Qaraldi: 2012-yil 26-oktyabr.
  4. „Saná y Manucho, ausencias inesperadas en el regreso al trabajo“ (Spanish). Marca (2011-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  5. „Djukic propaga su filosofía en las dos orillas del Pisuerga“ (Spanish). Mundo Deportivo (2012-yil 17-iyun). Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  6. „Saná no SC Braga“ (Portuguese). International Foot (2014-yil avgust). Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
  7. Lopes. „Sana no Leixões por duas épocas“ (Portuguese). Sou Djurtu (2017-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  8. Pițigoi. „EXCLUSIV | A pierdut finala CM de fotbal în faţa Braziliei, iar acum îşi relansează cariera în Crâng. Fotbalistul pe care Casemiro nu l-a impresionat“ (Romanian). Buzaul Sportiv (2019-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  9. 9,0 9,1 „Oscar treble wins thrilling final for Brazil“. FIFA (2011-yil 20-avgust). 2015-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-fevral.
  10. Da Cunha. „Caetano desistiu aos 29 anos. E os outros heróis do Mundial2011 sub20?“ (Portuguese). Mais Futebol (2021-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  11. „Guinea Bissau 1–1 Botswana“. African Soccer Weebly (2014-yil 2-avgust). 2014-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-avgust.
  12. „Ordens Honoríficas Portuguesas“ (Portuguese). President of Portugal. Qaraldi: 2021-yil 16-mart.
  • SanáFIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
  • Saná Soccerway saytida