Lathyrus belinensis
Lathyrus belinensis | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam | O'simlik |
Yuksak o'simliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Ikki pallalilar | |
Oila | Burchoqdoshlar |
Kichik oila | Faboideae |
Turkum | Lathyrus |
Tur | L. belinensis
|
Binar nomi | |
Lathyrus belinensis N.Maxted & Goyder
| |
The range of Lathyrus belinensis. |
Lathyrus belinensis, shuningdek, Belin noʻxati[2] nomi bilan ham tanilgan, Burchoqdashlar oilasiga tegishli Lathyrus turkumiga mansub tur.
U Turkiya botaniklari Nigel Maxted va David John Goyder tomonidan 1987-yilda kashf etilgan[3].
L. belinensis 2012-yilda IUCN tomonidan dunyodagi yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yuzlab turlar qatoriga kiritilgan[4].
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]L. belinensis — bir yillik togʻda oʻsadigab oʻsimlik. Koʻtarilish uchun qulay joylar mavjud boʻlganda, poyalarning balandligi 50 — 200 sm ga etadi[5]. Barglari ikkita varaqchali[5]. Oʻsimlik yozda iyundan avgustgacha gullaydi va gullar kuchli hidga ega[6]. Gullar kichik, odatda kengligi 2,5 sm yoki undan kam[6]. Gulning pastki yarmida sariq, yuqori yarmida toʻq sariq va qizil tomirlar mavjud[5].
Tarqalishi va oʻsish joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]L. belinensis Turkiyada oʻsuvchi endemik tur hisoblanadi[7]. U Antaliya viloyatida oʻsadi[8]. Ularning yovvoyi populyatsiyasi Belin qishlogʻi chetidagi 2 km²[9] maydon bilan cheklangan[10]. Dengiz sathidan 560 metr balandlikdagi mo''tadil yaylovlar va butazorlardagi toshloq, ohaktoshli tepaliklarda o'sadi[11]. Shuningdek, u qabristonlar,[11] yoʻllarning chetlari, temir yoʻllar va haydaladigan yerlar orasidagi chekkalar kabi sunʼiy yashash joylarida oʻsishi maʼlum[11]. Shuningdek, u kamdan-kam uchraydigan manzarali oʻsimlik sifatida bogʻlarda tabiiy hududdan tashqarida oʻstiriladi[12].
Tahdidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]L. belinensisning yovvoyi populyatsiyasi faqat bitta hududda joylashganligi sababli xavf ostida[13]. U dastlab topilgan yer chorva mollari tomonidan juda koʻp toptalgan, bu esa L. belinensisning omon qolishiga jiddiy taʼsir qiladi[13]. Politsiya binosini qurish jarayonida koʻplab turlarning asl yashash joylari ham yoʻq qilingan[13]. Qolgan yashash joylarining koʻp qismini oʻsimliklarga soya soladigan ignabargli daraxtlar egallangan[13].
Lathyrus odoratus bilan duragaylash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shirin noʻxat (Lathyrus odoratus) 17-asrdan yetishtirila boshlangan[14]. Koʻplab turli xil rangdagi navlar bogʻbonlar tomonidan tanlab yetishtirilgan: pushti, qizil, binafsha, oq, toʻq sariq va koʻk[15]. Har doim orzu qilingan, ammo erishib boʻlmaydigan ranglardan biri sariq shirin noʻxat edi[16]. Sariq gulli oʻsimlikni yaratish ishlari muvaffaqiyatli boʻlmagan. Koʻplab urinishlardan keyin ham hayotga layoqatli nasl olinmagan[17]. Yangi kashf etilgan Belin noʻxati (L. belinensis) morfologik jihatdan shirin noʻxatga (L. odoratus) juda oʻxshaydi va gulida sariq pigment ham mavjud. Bu uni diragaylash uchun yaxshi nomzodga aylatirgan[17].
Duragaylash birinchi marta oʻsimlik selektsioneri doktor Keith Hammet tomonidan amalga oshirilgan[17]. Gibridlar dastlab embryo rescue texnikasi orqali yaratilgan[18][19]. F1 duragaylari pushti gullarga ega boʻlib, oʻz-oʻzidan steril boʻlgan[17]. Seleksionerlar sariq shirin noʻxat etishtirish umidida bekross chatishtirishni davom ettirishmoqda[17][20][21].
Gibrid navlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sariq shirin noʻxatni yaratishga urinish jarayonida turli xil yangi rangga ega shirin noʻxat ranglari yaratilgan. Gibrid shtammlar baʼzan Lathyrus x hammettii deb ataladi[22].
Ism | Tavsif |
---|---|
Blu Shift | Gullar binafsha rangda gullaydi, keyin koʻk rangga kiradi. |
Blue Vein | Gullar oʻrik rangida gullaydi, keyin toʻq koʻk tomirlari bilan och toʻq sariq rangga kiradi. |
„Erewhon“ | Gullar teskari ikki rangli lavanta standartlari va binafsha qanotlari bilan. |
Painted Porcelain | Gullar krem rangda, barglari pushti pushti qirralarga ega. |
Porlock | Gullar toʻq qizil rangga ega, qanotlari binafsharang, tomirlari bor. |
Turquoise Lagoon | Gullar och pushti rangdan boshlanadi, ammo pishib, firuza rangga aylanadi. |
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
L. belinensis urugʻlari
-
Yosh L. beinensis oʻsimligi
-
Lathyrus belinensis barglari.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [1] IUCN Red list entry
- ↑ „Lathyrus belinensis Belin Pea“. www.ukwildflowers.com (2018). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
- ↑ [1] IUCN Red list entry
- ↑ „Priceless or worthless?“. portals.iucn.org (2012). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 N. Maxted & D.J. Goyder 1988 A new species of Lathyrus sect. Lathyrus from Turkey. Kew Bulletin 43(4): 711-713
- ↑ 6,0 6,1 „Lathyrus belinensis 'Goldmine'“. norfolkcottagegarden.co.uk (2022-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
- ↑ „Lathyrus belinensis“. powo.science.kew.org (2022-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
- ↑ „Rare plant of the month: June 2017“. plantheritage.wordpress.com (2017). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
- ↑ Maxted, Hunter, Ríos, Nigel, Danny, Rodomiro Ortiz. Plant Genetic Conservation. Cambridge University Press, 2020 — 147-bet. ISBN 9781108907774.
- ↑ „Priceless or worthless?“. portals.iucn.org (2012). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 „Belin Sweet Pea“. www.iucnredlist.org (2022-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
- ↑ „Sweet Pea (Lathyrus belinensis)“. garden.org (2022-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 Maxted, Hunter, Ríos, Nigel, Danny, Rodomiro Ortiz. Plant Genetic Conservation. Cambridge University Press, 2020 — 147-bet. ISBN 9781108907774.
- ↑ Raven, Sarah. „The Sweet Pea“. The Telegraph (2010-yil 4-avgust). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
- ↑ „Sweet peas (annuals)“. www.rhs.org.uk (2022-yil 17-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
- ↑ Edwards. „Developing a yellow sweet pea“. www.drkeithhammett.co.nz (2014). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 Edwards. „Developing a yellow sweet pea“. www.drkeithhammett.co.nz (2014). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
- ↑ [2] (Wayback Machine saytida 2022-09-02 sanasida arxivlangan) B.G. Murray, K.R.W. Hammett. New Sweet Pea (Lathyrus Odoratus) Cultivars Via Interspecific Hybridization with Wild Lathyrus Species
- ↑ [3] K. R. W. Hammett, B. G. Murray, Kenneth R. Markham and I. C. Hallett. Interspecific Hybridization between Lathyrus odoratus and L. belinensis
- ↑ [4] (Wayback Machine saytida 2016-03-03 sanasida arxivlangan) Keith Hammett. The art of plant breeding
- ↑ [5][sayt ishlamaydi] Dawn Edwards. Developing a yellow sweet pea
- ↑ Hobbs, Jack. „Rock star of the plant breeding world is a Kiwi who is sweet on sweet peas“. Stuff ltd (2018-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
- ↑ Edwards. „Developing a yellow sweet pea“. www.drkeithhammett.co.nz (2014). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.Edwards, Dawn (2014). „Developing a yellow sweet pea“ (PDF). www.drkeithhammett.co.nz. Retrieved 2022-04-17.