Kontent qismiga oʻtish

Laxesis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laxesis[1], shuningdek Laxezis[2], Laxesa (qadimgi yunoncha: Λάχεσις — „taqdir“, „taqdirni belgilovchi“[2], „qur’a beruvchi“[1]; lotincha: Lachesis[3]), qadimgi yunon mifologiyasida taqdir maʼbudasi boʻlgan uchta moira opa-singillarning oʻrtanchasi. Laxesis — taqdirning tasodifiy hodisalarining timsoli[4], uni hali inson tugʻilishidan ham oldin belgilaydi[1] (uning kichik singlisi Kloto taqdir ipini yigirgan, kattasi Atropos esa bu ipni kesib, oʻlimni tasvirlagan)[4]. Platon Laxesisni baland stulda oq libosda, boshiga gulchambar qoʻyib, zarurat urchugʻida aip yigirib, oʻtmish haqida kuylab oʻtirganini tasvirlagan[4].

„Uch Moyra: Laxesis“. Anna Katrin Altvaynning zamonaviy haykali. Yena, Germaniya

Rim mifologiyasida Moyrlarga Parklar[1][4] va maʼbuda Laxesisga esa — maʼbuda Detsima mos kelgan (lotincha: Decima), u oʻz hassalaridan foydalanib, insonning umri qancha davom etishini oʻlchagan.

Laxesis, opa-singillari kabi, turli xil sanʼat asarlarida tez-tez uchraydigan qahramon[4]. Rassomlar odatda Laxesisni inson taqdiri tasvirlangan sharni ushlab turgan yoki taqdiri oldindan belgilab qoʻyilgan oʻramni ushlab turgan qattiqqoʻl qiz sifatida tasvirlashgan[2].

Janubiy Amerika zaharli ilonlarining Lachesis[d] urugʻi (eng mashhur vakili surukuku va bushmeyster nomlari bilan tanilgan), shuningdek, katta asosiy kamar asteroidi Laxesis (120) Laxesis maʼbudasi sharafiga atalgan.

Inson taqdiridagi tasodifiy hodisalarni aks ettiruvchi Laxesis obrazidan ingliz naturalisti Jeyms Edvard Smit mashhur Karl Linneyning 1732-yilda Laplandiyaga yakkaxon sayohati paytida olib borgan sayohat eslatmalarini nashr etishda foydalangan. Ushbu asarning birinchi nashri 1811-yilda ingliz tiliga „Lachesis Lapponica: A Tour in Lapland“ nomi ostida tarjima qilingan (inglizchadan "Laplandiyalik Laxesis: Laplandiyaga sayohat).

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Лосев 1988.
  2. 2,0 2,1 2,2 Любкер 1885.
  3. Hederich 1770.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Обнорский 1896.
  • Мойры / Лосев А. Ф. // Мифы народов мира : Энцикл. в 2 т. / гл. ред. С. А. Токарев. — 2-е изд. — М. : Советская энциклопедия, 1988. — Т. 2 : К—Я. — С. 169.
  • Мойра // Реальный словарь классических древностей / авт.-сост. Ф. Любкер ; Под редакцией членов Общества классической филологии и педагогики Ф. Гельбке, Л. Георгиевского, Ф. Зелинского, В. Канского, М. Куторги и П. Никитина. — СПб., 1885.
  • Обнорский Н. П. Мойры // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1896. — Т. XIXa. — С. 612.
  • Hederich B[d]. Lachesis : [арх. 11 февраля 2020] // Gründliches mythologisches Lexikon : [нем.]. — Leipzig : Gleditsch Handlung, 1770. — Kol. 1419. — 2502 Kol. — OCLC 18554679.