Kontent qismiga oʻtish

Laylaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laylaklar (Ciconidae) — uzun oyoqli qushlar turkumining bir oilasi. 17 turni birlashtirgan 11 urugʻi bor. Asosan, tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda oq laylak va qora laylak uchraydi. Oq laylakning tumshugʻi va oyoqlari qizil, pati oq, qanot patlari qora. Vazni 4 kg gacha. Qora laylak oq laylakka qaraganda kichikroq. Laylaklar yalangliklarda, togʻlarda va aholi punktlariga yaqin yer larda yashaydi. Uyasini daraxtlarga, qoyalarga va minoralar tomiga quradi. 3–5 ta tuxum qoʻyadi. Ikkala jins ham tuxumini 30 kuncha galma-galdan bosadi. Monogam qushlar. Baqa, kaltakesak, sichqon, hasharot va boshqa bilan oziqlanadi. Markaziy va Janubiy Afrikada, janabiy–gʻarbiy Osiyo va Gʻarbiy Xitoyda qishlaydi. Hozirgi laylaklar soni kamayib ketgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil