Kontent qismiga oʻtish

Left 4 Dead (franshiza)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Left 4 Dead
Ishlab chiqaruvchi Turtle Rock Studios (2008)
Valve (2009)
Nashir etuvchi Valve
Janr Qoʻrquvda tirik qolish
Birinchi shaxs otishma

Left 4 Dead — Valve tomonidan nashr etilgan qoʻrquvda tirik qolish janridagi birinchi shaxsdan otishmali videooʻyinlar seriyasi. Oʻyin voqea-hodisalari odamlarni zombiga oʻxshash quturgan mavjudotlarga aylantiradigan kasallik pandemiyasi tarqalgan olamdan yuz beradi. Oʻyin xavfsiz boshpanalar va harbiy qutqaruvchilarga yetib borishni oldiga maqsad qilib qoʻygan toʻrtta tirik qolgan toʻgʻrisida hikoya qiladi.

Oʻyin toʻrttagacha oʻyinchini oʻynata oladigan qoʻshma oʻyin taqdim etadi. Toʻrtta oʻyinchining har bir oʻyinchi bitta tirik qolgan qahramon rolini oʻynaydi, oʻyinchilar soni toʻrttaga yetmagan holda esa kompyuter tanlanmagan qahramonlarni boshqaradi. Oʻyinchilar jamoasini tirik holda saqlashi uchun zararlanganlarga qarshi sovuq qurollar, oʻqotar qurollar va uloqtiriladigan buyumlarni ishlatishsa, oʻzlarini sogʻligʻini yaxshilash uchun esa davolovchi buyumlar toʻplamidan foydalanishadi. Bundan tashqari maxsus zararlanganlar ham bor. Ular oddiylariga qaraganda ancha qiyin muammolar tugʻdiradi, ularni yengish uchun odatda jamoaning yordami talab etiladi. Oʻyin jarayoni oʻyinchilarni toʻxtab qolganliklari uchun jazolaydigan, oʻyinchilarni uzoqroq yoki xavfliroq yoʻllarni bosib oʻtganligi uchun maxsus qurollar bilan ragʻbatlantiradigan „AI rejissyor“ tomonidan nazorat qilinadi. Rejissyorning vazifasi oʻyinchilarning harakatlariga qarab ularga yanada dramatik kechinmalar berish. Rejissyor oʻyin jarayonini haqiqatga yaqin qilib beradi, yaʼni bitta bosqichdagi oʻyin har oʻynaganingizda har xil oʻtadi.

Videooʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

  • Left 4 Dead 2008-yil noyabr oyida chiqarilgan. Oʻyinni ishlab chiqish Turtle Rock Studios tomonidan boshlangan. Studiyani esa oʻyinni yaratish jarayonida Valve sotib oladi va oʻyinning keyingi rivoji Valve studiyasi oʻlaroq davom etadi.
  • Left 4 Dead 2 bir yil oʻtib, 2009-yil noyabr oyida chiqdi. Valve oʻyinning birinchi qismidan ikkinchisiga qisqa muddat ichida oʻtishganini birinchi oʻyinni kengaytirish uchun koʻplab gʻoyalar boʻlgani, biroq qilinadigan ishlar dasturiy taʼminotni tuzatish va yuklab olinadigan kontentlardan koʻproq ekanligi bilan ochiqladi. Ishlab chiqaruvchilar oʻyinning birinchi qismi chiqqaniga koʻp boʻlmasdan ikkinchi qismiga oʻtib ketishgani dastlab oʻyinning birinchi qismi oʻyinchilari tomonidan tanqid qilindi va bu ikkinchi oʻyinni vaqtinchalik boykot qilish urinishiga olib keldi. Valve esa oʻyinning birinchi qismi uchun hali kontent ishlab chiqilayotgani va qoʻshimchasiga „The Passing“ kampaniyasi ham oʻyinga qoʻshilayotganini koʻrsatib vaziyatni yumshatdi.

Yuklab olinadigan kontentlar (DLC)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Crash Course (oʻzbek tilida Toʻqnashuvli yoʻnalish) — Left 4 Dead uchun birinchi yuklab olinadigan kontent (DLC) kampaniyasi. Kontent ShK uchun tekin, biroq Xbox 360 uchun pullik. DLC 2009-yil 29-sentyabrda chiqarilgan. Valveʼning soʻzlariga koʻra, kontent „Mehr yoʻq“ va „Oʻlim jarangi“ kampaniyalari oʻrtasidagi tushunarsiz bogʻliqlikni yoʻqotish uchun moʻljallangan.
  • The Passing (oʻzbek tilida Kechish) — Left 4 Dead 2 ning birinchi DLC krossover kampaniyasi boʻlib, yangi kampaniya va „yangi qoʻshma oʻyin sinovlari“ni oʻz ichiga oladi. DLC yangi oʻqotar qurol M60, golf klubi va Fallen Survivor deb nomlangan yangi kam uchraydigan zararlanganlarni qoʻshadi. Kontent 2010-yil 22-aprelda chiqarildi.
  • The Sacrifice (oʻzbek tilida Fidokorlik) — Left 4 Dead va Left 4 Dead 2 uchun uch boʻlimdan iborat DLC boʻlib, 2010-yil 5-oktabrda chiqarilgan. Syujet boʻyicha Blood Harvest kampaniyasidan keyin boʻlib oʻtadi va „The Passing“ kapaniyasining muqaddimasi sanaladi, chunki ikkala kampaniya ham bir-biriga bogʻlangan.
  • Cold Stream (oʻzbek tilida Sovuq oqim) — Left 4 Dead 2 uchun uchinchi DLC. Bu toʻgʻrisida 2011-yil 16-fevraldagi blog postida eʼlon qilingan. Cold Stream 2011-yil 22-martda Steamʼda beta koʻrinishida chiqarildi va 2012-yil 24-iyul Steamʼda yakuniy koʻrinishda rasmiy ravishda chiqarildi. Cold Stream kampaniyasi Xbox Marketplaceʼda 2012-yil 3-avgustda 560MSP uchun chiqarildi. U xarita yaratuvchi hamjamiyat aʼzosi Matthew Lourdelet tomonidan yaratilgan boʻlib, muallifning doʻstlari tasvirlangan turli devor graffitilarini oʻz ichiga oladi.
  • The Last Stand (oʻzbek tilida Soʻnggi kurash) — Left 4 Dead 2 uchun hamjamiyat tomonidan yaratilgan ssenariy boʻlib, 2020-yil 24-sentabrda oʻyinning rasmiy yangilanishi oʻlaroq Valve tomonidan chiqariladi. Yangilanish tirik qolish rejimi uchun yigirmadan ortiq yangi xaritalar, yangi kampaniya va oʻyinga qoʻshimcha yangilanishlarni oʻz ichiga oldi.

Sahnalashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Left 4 Dead oʻyinlaridagi voqea-hodisalar odamlarni yirtqich, zombiga oʻxshash mavjudotlarga aylantirib, tirik qolganlarni oʻldirishga intiladigan infeksiya pandemiyasi boshlanganidan keyingi kunlarda boʻlib oʻtadi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida Fuqarolik Favqulodda Vaziyatlari va Mudofaa Agentligi (CEDA) harbiylar yordami bilan xavfsiz hududlarni yaratish buyuriladi. Harbiylar xavfsiz hududlarga imkon qadar koʻproq odamlarni evakuatsiya qilib, ularni orollar va okeanga suzadigan kemalarga oʻtkazishni oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Bunga sabab zararlanganlar suvliklarni kesib oʻtolmaydi. Bir qator odamlar infeksiyaga qarshi immunitetga ega ekanligi aniqlanadi, ammo keyinroq maʼlum boʻlishicha ular kasallik tashuvchisi va beixtiyor boshqalarga yuqtirishi mumkin. Ikkala oʻyinda ham ushbu „tashuvchilar“dan toʻrttasi oʻyinning „Tirik qolgan“ qahramonlari oʻlaroq boshpana va evakuatsiya nuqtalariga yoʻl olishadi.

  • Birinchi oʻyin Pensilvaniyadan Jorjiyaga sayohat qiladigan toʻrtta tirik qolganlar toʻgʻrisida hikoya qiladi. Oʻyindagi toʻrtta tirik qolganlar:
    • Bill: qari Vyetnam urushi faxriysi. Jim French tomonidan ovoz berilgan.
    • Louis: aqldan ozgan IT tahlilchisi. Toʻrtlikning eng optimist aʼzosi. Earl Alexander tomonidan ovoz berilgan.
    • Frensis: kamzuldan boshqa barcha narsani yomon koʻradigan qonunbuzar bayker. Vince Valenzuela tomonidan ovoz berilgan.
    • Zoey: qoʻrqinchli filmlarni yoqtiradigan kollej oʻquvchisi. Jen Teylor tomonidan ovoz berilgan.
  • Ikkinchi oʻyin Savannadan (Jorjiya shtati) Yangi Orleanga (Luiziana shtati) sayohat qilayotgan boshqa guruhni kuzatib boradi va toʻrtta yangi tirik qolganlarni oʻz ichiga oladi:
    • Coach (Murabbiy): semiz oʻrta maktab futbol murabbiyi. Chad L. Coleman tomonidan ovoz berilgan.
    • Ellis: haddan ortiq koʻp gapiradigan mexanik. Eric Ladin tomonidan ovoz berilgan.
    • Nick: pessimistik qimorboz va firibgar. Hugh Dillon tomonidan ovoz berilgan.
    • Rochelle: past darajadagi televideniye muxbiri. Rochelle Aytes tomonidan ovoz berilgan va Shanola Hampton yuzidan modellashtirilgan.
  • Ikkinchi oʻyinning yapon arkada versiyasi bir xil yoʻnalish va hikoyaga amal qiladi, biroq arkada versiyasi uchun eksklyuziv toʻrtta tirik qolganlar mavjud:
    • Yusuke: taʼtilda Amerikaga tashrif buyurgan Yaponiyalik kollej oʻquvchisi. Ryuichi Kijima tomonidan ovoz berilgan.
    • Haruka: Amerikaga maktab sayohati uyushtirgan Yaponiyalik maktab oʻquvchisi. Ayane Sakura tomonidan ovoz berilgan.
    • Sara: yapon-amerikalik sayohatchi. Ovoz bergan Miyuki Sawashiro tomonidan ovoz berilgan.
    • Blake: amerikalik barmen va armiya faxriysi. Hidenori Takahashi tomonidan ovoz berilgan.

Zararlangan qahramonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin ichidagi zararlangan qahramonlar toʻrt toifaga boʻlingan. Eng koʻp „umumiy“ zararlangan, eng kam deformatsiyalangan mavjudotlar. Yolgʻizligida zararlanganlar zaif, biroq koʻp sonli holda ular tirik qolganlar uchun katta xavf tugʻdiradi. Koʻpincha rejissyor „oʻrda“ni qarshi qoʻyadi. Oʻrdadagi koʻp sonli zararlanganlar oʻyinchilarga hujum qiladi. Oʻrdalar oʻyinchilar baland shovqin chiqarishganda yoki avtomobil signalizatsiyasini yoqib yuborishganda oʻrdalar rejissyor tomindan yaratilishi mumkin. Shunga oʻxshash holatlar oʻyinchilar biror-bir liftni chaqirishgan chogʻda katta shovqin tarqaladi, bu esa katta oʻrdani oʻziga jalb qiladi. Aynan shunaqa holatlar „kreshendo hodisasi“ deb ataladi. Oʻyinchilar esa oʻrda kelayotganidan ogohlantiriladi.

  • Back 4 BloodLeft 4 Dead ishlab chiquvchisi Turtle Rock Studios tomonidan yaratilgan oʻyin.[1]
  • The Walking DeadTelltale Games tomonidan yaratilgan oʻyin. TWD ishlab chiqarishning boshida Left 4 Dead uchun spin-off boʻlishi rejalashtirilgan edi.[2]
  1. Yin-Poole. „Turtle Rock returns to its Left 4 Dead roots with Back 4 Blood“. Eurogamer (14-mart 2019-yil). Qaraldi: 14-mart 2019-yil.
  2. Wales. „Telltale's The Walking Dead started life as a Left 4 Dead spin-off“. Eurogamer. Gamer Network (25-aprel 2022-yil). Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.

Andoza:ValveAndoza:Left 4 Dead series