Kontent qismiga oʻtish

Tirik qolish rejimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tirik qolish rejimi — videooʻyinlardagi oʻyin rejimi boʻlib, unda oʻyinchi oʻyinda imkon qadar uzoq tirik qolishi kerak, oʻyin esa oʻyinchiga borgan sari qiyinlashib boruvchi topshiriqlar yoki vazifalar yuboradi.[1] Shunindek, rejimning bir turida oʻyinchi maʼlum bir vaqt davomida yoki maʼlum bir toʻlqingacha chidab berishi kerak, shundan soʻng gʻalabaga erishiladi.[2] Ushbu rejim minora mudofaasi oʻyinlari orasida keng tarqalgan boʻlib, unda oʻyinchi maʼlum bir yerning mudofaasini kuchaytirgan holda dushman kuchlaridan iloji boricha uzoq vaqt himoyalanishi kerak.[3] Tirik qolish rejimini klassik arkada oʻyinlariga oʻxshatishadi, bunga sabab, u yerda ham oʻyinchilar borgan sari kuchayib boradigan dushmanlar toʻlqiniga qarshi kurashishadi.[4] Ushbu rejim oʻyinga aniq, baʼzan esa kutilmagan yakun yasashga moʻljallangan boʻlib, bundan koʻzlangan maqsad boshqa oʻyinchilar ham oʻynay olishi uchundir.

1993-yilning noyabrida „Power Instinct“ oʻyini oʻzining Super Nintendo portiga „Life Attack“ deb ataluvchi tirik qolish rejimini qoʻshdi. Game Boyʼdagi „Street Fighter II: The World Warrior“ ushbu rejimni 1995-yilda taqdim etadi, shundan keyin, 1996-yilda „Tekken 2“ va 1997-yilda „Street Fighter EX“lar ham tirik qolish rejimini o‘z ichiga oldi. Tirik qolish rejimiga ega mashhur zombi oʻyinlarga Left 4 Dead seriyasi,[5] „Call of Duty: World at War“dan keyingi Call of Duty seriyasidagi oʻyinlar[6][7] va minora mudofaasi oʻyini boʻlmish „Plants vs. Zombies“lar kiradi.[8] „Gears of War 2“da tirik qolish rejimining oʻrindosh nomi oʻlaroq „oʻrda rejimi“ atamasini kiritiladi,[9] keyinchalik bu atama „World War Z“ kabi boshqa oʻyinlar tomonidan ham oʻzlashtirib olinadi.[10] Bundan tashqari, „Minecraft“ kabi koʻplab qumloq oʻyinlar ushbu rejimdan oʻyinchilarni tungi vaqtda skelet va zombi kabi turli xil maxluqlarga qarshi tirik qolishida ishlatishadi.[11] Boshqa bir qumloq oʻyin „Rust“, oʻyinchimas personajlarni ham, boshqa oʻyinchilarni ham oʻyin muhitida tirik qolish uchun bir-biriga qarshi qoʻyib dushman oʻlaroq ishlatadi.[12]

  1. Glasser, Aj. „Gears of War 2 – Horde Mode Is The Way To Go“. Kotaku (2008-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 18-noyabr.
  2. Rodgers, Scott. Level Up!: The Guide to Great Video Game Design. John Wiley and Sons, 2010 — 383-bet. 
  3. Walker, John. „The Plants Vs. Zombies Review“. Rock Paper Shotgun (2009-yil 5-may). Qaraldi: 2011-yil 18-noyabr.
  4. Osborne, Joe. „Empires & Allies Survival Mode: Everything you need to know“. Games.com (2011-yil 11-oktyabr). 2011-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-noyabr.
  5. Kuchera, Ben. „First impressions of Left 4 Dead's survival mode“. Ars Technica (2009-yil 22-aprel). Qaraldi: 2011-yil 18-noyabr.
  6. McElroy, Griffin. „Call of Duty: World at War co-op mode pits players against Nazi zombies“. Joystiq (2008-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 18-noyabr.
  7. Keyes, Rob. „Survival Multiplayer Adding The Nether“. Game Rant. Qaraldi: 2011-yil 18-noyabr.
  8. Hatfield, Daemon. „Plants vs. Zombies DS Review“. IGN (2011-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 18-noyabr.
  9. Glasser, Aj. „Gears of War 2 – Horde Mode Is The Way To Go“. Kotaku (2008-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 18-noyabr.Glasser, Aj (15 October 2008). "Gears of War 2 – Horde Mode Is The Way To Go". Kotaku. Retrieved 18 November 2011.
  10. Wales. „World War Z's latest update brings cross-play support to PlayStation 4“. Eurogamer (2020-yil 20-iyul). Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  11. Miller-Watt. „Minecraft beginner's guide“. GamesRadar. Future plc. Qaraldi: 2018-yil 27-sentyabr.
  12. Caldwell. „To Hell With Other People: Nine Lives in Rust“. Rock Paper Shotgun (2014-yil 28-mart). Qaraldi: 2018-yil 27-sentyabr.

Andoza:Video game gameplay