Kontent qismiga oʻtish

Lena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lena
Tavsif
Uzunligi 4 400
Maydoni 490 000 km²
Suv sarfi 16 350 m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Lena

Lena (saxa.: Улахан Өрүс; saxa.: Өлүөнэ[1], buryatcha: Зүлхэ, evenkcha: Елюенэ[2]) — Sharqiy Sibirdagi daryo. Uzunligi 4400 km, havzasining maydoni 490 ming km². Baykal tizmasining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib, Laptevlar dengiziga delta hosil qilib quyiladi. Yuqori oqimi va havzasining anchagina qismi Baykal boʻyi va Zabaykalyening togʻli rayonlari hamda Oʻrta Sibir yassitogʻlarida. Yuqori oqimida lena vodiysi tor (1 – 10 km), qirgʻoqlari baland, quyirokda vodiysi 30 km gacha kengayadi, qirgʻoqlari Yakutsk shahrigacha baland, qoyali, pasttekisliklardan iborat. Asosiy irmoqlari: chapda Nyuya, Vilyuy, oʻngda Kirenga, Vitim, Olyokma, Aldan. Oʻrtacha suv sarfi 17 ming m³/sek. Oktabrda muzlab iyun boshlarida muzdan boʻshaydi. UstKut shahridan quyilish joyigacha muntazam kema qatnaydi. Asosiy port va pristanlari: Osetrovo, Kirensk, Lensk, Olyokminsk, Pokrovsk, Yakutsk, Sangar. Baliq ovlanadi.[3]

  1. Пекарский Э. К.. Словарь якутского языка, Издание 2-е, АН СССР, 1958 — 1941-bet. 
  2. Митрошкина А. Г. К Этимологии гидронима Лена // Ономастика Востока. — М.: Наука, 1980. — С. 130—131.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil