Kontent qismiga oʻtish

Lenovo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lenovo Group Limited
联想集团有限公司
Turi biznes, korxona va ommaviy kompaniya
Xizmatlari Kompyuter ishlab chiqarish
Qachon asos solingan 1984
Joylashuvi Xitoy Beijing,
Qoʻshma Shtatlar Morrisville, Shimoliy Carolina,
(Hong Kongda roʻyhatdan oʻtgan)
Asoschi(lari) Liu Chuanzhi
Rahbariyat Yang Yuanqing, Direktor
William Amelio, BIM
Daromadi 51,038 milliard AQSh dollari (2019) (2008)[1]
Aylanma daromadi 50 710 000 000[2]
Operatsion foydasi 1 438 000 000[2]
Sof foydasi 804 000 000[2]
Ishchilar soni 54.000(2018)
Vebsayti www.lenovo.com

Lenovo Group Limited (联想集团有限公司)- Xitoy kompyuter kompaniyasi, 2007-yil 1-kvartal natijalariga binoan dunyoda kompyuter ishlab chiqarish boʻyicha(HP, Dell va Acer dan soʻng) toʻrtinchi oʻrinda turadi. Honkongdan roʻyxatdan oʻtgan, bosh ofisi — Pepcheyz shahrida (Nyu-York shtati, AQSH) joylashgan. Lenovo soʻzi xitoycha boʻlib nuqson maʼnosini bildiradi.

Lenovo_ThinkPad.
Lenovo_ThinkPad.

Kompaniyaga 1984-yil Xitoy Ilmiy Akademiyasi mablagʻlari yordami bilan xitoy olimlari tomonidan asos solingan. Boshida kompaniyaga 'New Technology Developer Incorporated' (ikki yil oʻtgach — 'Legend') nomi berilgan va u asosan Xitoyga kompyuter tehnologiyalari etkazish va shuningdek ierogliflarga kodirovka yaratish bilan shugʻullangan. 2003-yil kompaniya nomini Lenovoga almashtirdi. 2004-yil dekabrda kompaniya IBM (AQSH kompaniyasi) ning kompyuter ishlab chiqarish boʻlimini sotib olish haqida eʼlon qildi.

Lenovo kompaniyasi asosiy aksiyadorlari — Xitoy ilmiy akademiyasi Legend Holding Ltd (42 %), IBM (AQSH kompaniyasi) (8,82 %), amerika toʻgʻri investisiyalar fondlari Texas Pacific Group,General Atlantic LLC va Newbridge Capital LLC (10,1 %). 2007-yil 25-may oyida kompaniya bozor kapitalizatsiyasi — $4,08 mlrdni tashkil etdi. Kompaniya direktorlar kengashi raisi — Yan Yuan'sin.

Lenovo_xiang.
Lenovo_xiang.

Kompaniya shaxsiy, choʻntak kompyuterlari, serverlar, monitorlar, videoproektorlar va boshqa koʻpgina qurilmalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Kompaniya mahsulotlari asosan — Think Centre va ThinkPad savdo belgilari ostida ishlab chiqariladi. Gartner analitik kompaniyasi hisobiga koʻra 2007-yilning birinchi kvartalida Lenovo kompaniyasi 3,9 mln dona kompyuter sotgan. Kompaniya umumiy ishchilari soni — 19,5 ming kishini tashkil etadi. 2007-yil 31 mart moliyaviy yilda kompaniya daromadi — $14,6 mlrd(oʻsish oʻtgan yilga nisbatan 10 %), sof foyda — $161 mln(oʻsish 640 %)ni tashkil etdi.

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named financialtables
  2. 2,0 2,1 2,2 (unspecified title)