Lenur Islyamov
Lenur Edemovich Islyamov | |
---|---|
Tavalludi |
1-yanvar 1966-yil |
Fuqaroligi | Ukraina va Rossiya |
Taʼlimi | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
Lenur Edemovich Islyamov (1966-yil 1-yanvarda Bekobod, Toshkent viloyati) – Kelib chiqishi qrim-tatarlik Rossiya va ukraina tadbirkori va siyosatchisi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lenur Edemovich Islyamov 1966-yil 1-yanvarda, Toshkent viloyatining Bekobodshahrida tu’gilgan. U Toshkent tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini tamomlagan. 1980-yillarning oxirida Oʻzbekistonda qurilish biznesiga kirib, „Aleko“ kompaniyasiga asos solgan. Keyinchalik Moskvaga koʻchib oʻtadi. Lenur Edemovich „OʻzDEUavto“ va Zaporojye avtomobil zavodi avtomobillarini taqsimlash hamda tashish bilan shugʻullanadigan „Km/ch“ va „Queengroup“ MChJ avtotransport kompaniyalariga asos solgan.
Lenur Islyamov Ukrainadagi Qrim tatar ATR telekanali bosh direktori, Qrim tatarlarining Butunjahon kongressi vitse-prezidenti lavozimlarida ishalagan. U Qrim blokadasi tashkilotchilaridan biri hisoblanadi.
Lenur Edemovich Islyamov 2014-yil 2-apreldan 28-maygacha Qrim Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. U 2015-yilda lavozimidan chetlashtirilgan. Keyinchalik, unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi va FSB jinoiy ish qoʻzgʻatadi va federal qidiruvga beriladi. 2019-yil 18-fevral kuni Kiyevning Shevchenkovskiy tuman sudi Lenur Islyamovni xoinlikda gumon qilib, Ukraina Xavfsizlik xizmatiga jinoiy ish qoʻzgʻatishga buyruq beradi.
Tadbirkorlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lenur Islyamov Rossiya va Ukrainada 20dan ortiq kompaniyalarga egalik qiladi[2]. Jumladan:
- „SimCityTrans“ transport kompaniyasi (Qrimdagi eng yirik yoʻlovchi tashuvchi kompaniya)
- Moskvadagi „Just Bank“ (litsenziyasi Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki tomonidan 2015-yil 2-noyabrda bekor qilingan)[3]
- „Reso-Kredit“ Banki
- Apple mahsulotlarini sotadigan Qrimdagi ICom doʻkonlari tarmogʻi.
- „Queengroup“ avtomobil kompaniyasi
- 2011 yildan beri ATR telekanalining asosiy egasi. Islyamovga tegishli xuddi shu nomdagi mediaxolding tarkibiga ATR telekanalidan tashqari Lâle bolalar telekanali, „Meydan“ va „Lider“ radiostansiyalari, „15 daqiqa“ veb-sayti kiradi[4][5].
LB.ua internet-nashriga koʻra, Lenur Islyamov „Kuniga bir necha soat eshittirish orqali zaif loyihani yuqori sifatli televizion loyiha yasashga“ muvaffaq boʻlgan[4].
Lenur Islyamov Qrim tatarlari va Amet-Xon Sultonning deportatsiyasiga bagʻishlangan „Haitarma“ (2013) filmiga prodyuserlik va homiylik qilgan[6][7].
Lenur Islyamov 2014-yil 2-apreldan 28-maygacha Aksyonov hukumatida Qrim Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. Unga bu lavozim Qrim-tatar xalqi majlisi tomonidan 1-aprelda topshirilgan. 29-mart kuni boʻlib oʻtgan Qurultoy sessiyasida soʻzga chiqqan Islyamov qrim tatarlari ayni damda Qrim va Rossiya hukumati bilan hamkorlik qilmasdan ish qilolmasligini, Qrim tatarlari yirik davlatlar oʻrtasidagi kurashning garovi boʻlib qolishi mumkinligini taʼkidlagan.
Islyamov 2014-yil 28-mayda Qrim Respublikasi Davlat kengashi qarori bilan lavozimidan chetlashtiriladi va uning oʻrnini Ruslan Balbek egallaydi. Davlat Kengashi raisining oʻrinbosari Grigoriy Ioffening soʻzlariga koʻra Islyamovning isteʼfosiga haddan tashqari siyosiy tarafkashligi sabab boʻlgan[8]. Islyamov Hukumatdagi ishdan boʻshatilganidan keyin bir muncha vaqt oʻtgach, Kiyevga koʻchib oʻtadi va Ukraina fuqaroligini oladi.
Lenur Islyamov Oliy Rada deputatlari Mustafo Jemilev va Refat Chubarov bilan birgalikda 2015-yil sentyabr oyidan beri Qrim blokadasi tashkilotchilari hisoblanadi.
2015-yilning 2-noyabrida FSBning Qrim Respublikasi va Sevastopol shahri boʻyicha boshqarmasining tergov boʻlimi Islyamovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatgani xabar qilingan[9]
2015-yil dekabr oyida Islyamov rejalashtirilgan tarkibi 560-kishidan iborat Noʻmon Chalabidjixon nomidagi koʻngillilar batalyonini tuzishni eʼlon qildi.
2016-yil 28-yanvarda Rossiya Sberbanki Moskva arbitraj sudiga Lenur Islyamovni bankrot deb topish toʻgʻrisida daʼvo (daʼvo miqdori 1,16 milliard rubldan oshadi) arizasi bilan chiqdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Чем известен Ленур Ислямов // Коммерсантъ. — 2015-02-11.
- ↑ „Поиск по реквизитам: проверь себя и контрагента по ИНН, ОГРН, другим известным реквизитам | Коммерсантъ КАРТОТЕКА“. www.kartoteka.ru. Qaraldi: 2015-yil 27-dekabr.
- ↑ Информация пресс-службы Банка России, 2 ноября 2015
- ↑ 4,0 4,1 Владелец ATR: «Я понял окончательно — нам не дадут вещать в Крыму» // LB.ua, 27 июня 2015
- ↑ Чем известен Ленур Ислямов // Коммерсантъ. — 2015-02-11.
- ↑ Л. Ислямов: «Хайтарма» — фильм для крымских татар (Wayback Machine saytida 2016-02-07 sanasida arxivlangan) // QHA, 15 мая 2013
- ↑ Генпродюсер фильма «Хайтарма» о скандале вокруг картины и теме депортации // Аргументы недели — Крым, 23 мая 2013
- ↑ Эдип Гафаров: Крымская власть готова взаимодействовать с крымскими татарами, решать проблемы всего народа, а не отдельных его представителей, пытающихся говорить от его имени // сайт Государственного Совета Республики Крым, 30 мая 2014
- ↑ ФСБ возбудила дело в отношении одного из инициаторов блокады Крыма Ислямова // ТАСС, 2 ноября 2015