Lepsi (qishloq)
Lepsi qozoqcha: Лепсі | |
---|---|
qishloq | |
46°14′6″N 78°56′44″E / 46.23500°N 78.94556°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Tuman | Sarqan (tuman) |
Asos solingan | 1928 |
Qachondan beri qishloq | 2013 |
Markazi balandligi | 387 m |
Aholisi (2009) |
2 567 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5:00 |
Telefon kodi | +772843 |
Pochta indeks(lar)i | 041521 |
Avtomobil kodi | 05 (oldin B, V) |
|
Lepsi (qozoqcha: Лепсі) — Qozogʻiston Respublikasining Almati viloyati, Sarqan tumanidagi qishloq. Lepsi qishloq okrugining maʼmuriy markazi. KATO kodi — 196055100[1].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sarqand shahridan taxminan 119 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Lepsi daryosi yaqinida, Balxash koʻlidan janubda. Turkiston-Sibir temir yoʻli vokzali ham oʻsha yerda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu qishloq 1928-yilda Turkiston-Sibir temir yoʻli qurilishi munosabati bilan tashkil etilgan. 1938-yilda ishchilar posyolkasi maqomini olgan. 1941—1959 va 1972—1997-yillarda Burlu-Tobin tumanining maʼmuriy markazi boʻlgan[2]. 2013-yildan buyon yana qishloq maqomida qolgan[3].
Infratuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloqda vagon taʼmirlash zavodi, lokomotiv deposi, neft bazasi va boshqa sanoat korxonalari mavjud.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yilda qishloq aholisi 3842 kishini (1859 erkak va 1983 ayol) tashkil qilgan[4]. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra qishloqda 2567 kishi (1297 erkak va 1270 ayol) yashagan[4].
Muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1941-yilda Lepsi qishlogʻida muzey binosi quriladi. 1983-yilgacha ushbu bino maishiy zavod sifatida ishlatilgan. Keyinchalik 1983-yildan 1993-yilgacha tuman harbiy komissiyasi faoliyat yuritgan. Faqat 1993-yildan boshlab qozoq bastakori M. Tulebayev tavalludining 80 yilligi sharafiga M. Tuleboev xotira muzeyi nomini olgan. Ko‘rgazma zallarida M.Tuleboyev ijod yo‘lining boshlanishi, qozoq mumtoz musiqasining „oltin fondi“ga kirgan asarlari uchraydi. Muzey ekspozitsiyasi 18 mavzudagi 4 ta zaldan iborat. Muzeyning maydoni 357,3 m². Bugungi kunga qadar muzey fondida 1636 ta eksponat mavjud boʻlib asosiy fondi 806 ta, ilmiy va yordamchi fondi esa 830 ta.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „База КАТО“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Справочник по истории административно-территориального деления Алматинской области (10 марта 1932 г. — 1 января 2000 г.)“. 2016-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyul.
- ↑ „Решение маслихата Алматинской области от 24 июля 2013 года №20-128 и постановление акимата Алматинской области от 24 июля 2013 года №205 «О некоторых преобразованиях в административно-территориальном устройстве Алматинской области». Зарегистрировано Департаментом юстиции Алматинской области 30 июля 2013 года №2417“. «Әділет» — информационно-правовая система нормативных правовых актов Республики Казахстан. 2015-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olmaota viloyati Madaniyat boshqarmasining rasmiy manbasi (Wayback Machine saytida 2020-04-29 sanasida arxivlangan)