Lev Popov
Lev Nikolayevich Popov | |
---|---|
Tavalludi |
18-mart 1932-yil |
Vafoti |
8-oktyabr 2008-yil (76 yoshda) Moskva, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Kasbi | arxitektor |
Sohasi | modernizm |
Ish joylari | Moskva, Praga, Toshkent, Boku, Novosibirsk |
Taʼlimi | Moskva arxitektura instituti |
Mashhur ishlari | Mustaqillik maydoni metro bekati[1] |
Lev Nikolayevich Popov (1932-yil 18-mart – 2008-yil 8-oktyabr, Moskva, Rossiya) – sovet va rus arxitektori. Moskva, Novosibirsk, Praga, Boku va Toshkent metropolitenlarining yerosti va yerusti inshootlari loyihachisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lev Nikolayevich Popov 1932-yil 18-martda tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng, Moskva arxitektura institutiga oʻqishga kirgan va u yerni 1965-yilda tamomlagan. Mehnat faoliyatini Metrogiprotrans institutida boshlagan. U oʻtgan asrning 70—80-yillarida qurilgan bir necha metro stansiyalari loyihalarining muallifi hisoblanadi. Lev Popov butun dunyoga Moskva metrosining meʼmori nomi bilan mashhur. Biroq, uni bir qancha avangard loyihalari uchun tez-tez tanqid qilishgan. Lev Popov buyuk sovet meʼmori Aleksey Nikolayevich Dushkin tomonidan ishlab chiqilgan meʼmorchilik tamoyillarini qayta koʻrib chiqish orqali oʻzining yangi ijodiy uslubini yaratgan[2].
Lev Nikolayevich Popov oʻn uchta Moskva metro stansiyalari loyihalarining hammuallifi hisoblanadi. Shuningdek, Boku (Ganjlik bekati, 1967) va Toshkent (Mustaqillik maydoni bekati, 1977) shaharlaridagi metro bekatlarini loyihalashda ham faol tarzda ishtirok etgan[3]. Lev Popovning soʻnggi loyihasi Dostoyevskaya metrosi boʻlib, 2010-yilda meʼmorning oʻlimidan keyin foydalanishga topshirilgangan[4].
Loyihalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moskva metro stansiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bekat | Yoʻnalish | Ishga tushgan yili | Hammuallif |
---|---|---|---|
Chistye Prudy (qayta qurish) | 1 | 1971-yil | A. F. Fokina |
Turgenevskaya | 6 | 1971-yil | A. F. Fokina |
Polejaevskaya | 7 | 1972-yil | A. F. Fokina |
Belyaevo | 6 | 1974-yil | V. G. Polikarpova, V. I. Klokov |
Sxodnenskaya | 7 | 1975-yil | A. F. Fokina |
Babushkinskaya | 6 | 1978-yil | V. I. Klokov |
Ilyich maydoni | 8 | 1979-yil | V. I. Klokov |
Naximovskiy prospekti | 9 | 1983-yil | V. S. Volovich, V. I. Klokov, G. S. Mun |
Orexovo | 2 | 1985-yil | V. S. Volovich, G. S. Mun |
Borovitskaya | 9 | 1986-yil | V. S. Volovich |
Otradnoye | 9 | 1990-yil | V. S. Volovich |
Rimskaya | 10 | 1995-yil | N. V. Rasstegnyayeva |
Dostoyevskaya | 10 | 2010-yil | N. V. Rasstegnyayeva |
Boshqa metropolitanlarning bekatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boku: „Ganjlik“ (hammuallif), 1967-yil.
Toshkent: „Mustaqillik maydoni bekati“, 1977-yil.
Novosibirsk: „Garin-Mixaylovskiy maydoni“, 1984-yil.
Praga: „Andel“, 1985-yil.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lev Nikolayevich Popov metro stansiyalarini loyihalash boʻyicha tanlovlarda ishtirok etgan. Ushbu tanlovlarda oʻz loyihalari uchun bir necha bor taqdirlangan:
- Leningrad – bitta mukofot.
- Moskva – ikkita mukofot.
- Minsk – beshta mukofot.
- Novosibirsk – bitta mukofot.
- Dnepropetrovsk – bitta mukofot.
- „Naximovskiy prospekt“ stansiyasi – Sovet arxitektorlari ittifoqining mukofoti.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Polejaevskaya -
Belyaevo -
Sxodnenskaya -
Borovitskaya -
Otradnoe -
Anděl -
Rimskaya
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ташкентское метро — хранилище советской эстетики - Хук!“. www.hook.report. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Архитектор Лев Попов“. www.n-metro.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Попов, Лев Николаевич“. www.peoplelife.ru. 2023-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
- ↑ „МОЁ МЕТРО“ (PDF). МОЁ МЕТРО. № 3 (131). 2022. 13-bet. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Лев Попов. Станция «Московская» в Праге (Wayback Machine saytida 2024-06-29 sanasida arxivlangan).
- Иван Николаев. Путь к «Достоевской»
- Кусочек Москвы на пражском Смихове (Wayback Machine saytida 2016-06-04 sanasida arxivlangan)
- 18 марта 1932 года — родился выдающийся архитектор Лев Попов