Li Dun Su
Li Dun Su | |
---|---|
Tavalludi | 11-dekabr 1914-yil |
Vafoti |
22-sentyabr 1970-yil Toshkent viloyati |
Mukofotlari |
Li Dun Su (1914-yil 11-dekabr, Koreya – 1970-yil 22-sentyabr) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, Engels nomidagi kolxoz agronomi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1953).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Li Dun Su 1914-yil 11-dekabrda Koreyada dehqon oilasida tavallud topgan. Keyinchalik qarindoshlari bilan birga Rossiya imperiyasining Primorsk viloyatiga koʻchib ketgan. 1932-yildan boshlangʻich maktab oʻqituvchisi, 1936-yildan Tinchen Buddonovskiy tumanida koreys boshlangʻich maktabi mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. Li Dun 1937-yilda Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati, Qozogʻiston SSRdagi maxsus turar-joyga surgun qilingan. 1937-yildan Dengiz tumani, Kudryashevo qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda mudir boʻlib ishlagan[1].
Li Dun 1939-yilda Guryev pedagogika texnikumini tamomlab, Oʻzbekiston SSRga koʻchib oʻtgan. 1939–1942-yillar oraligʻida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Budonniy nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, brigada boshligʻi keyinchalik brigadir boʻlib ishlagan. Li Dun Su 1941-yilda KPSS safiga kirgan. 1943-yilda Quyi Chirchiq viloyatidagi „Sotsializm yoʻli“ kolxoziga rais etib saylangan. 1951-yildan shu kolxozda dala dehqoni boʻlgan.
Li Dun Su 1951-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutining agronomiya kurslarini tamomlagan, soʻngra 1967-yilgacha Quyi Chirchiq tumanidagi Engels nomidagi kolxozda agronom boʻlib ishlagan. Kanop va jut yetishtirishda ilgʻor agrotexnika usullari joriy etgan. Uning samarali mehnati tufayli 1953-yilda kolxoz jami 221,2 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 63,5 sentnerdan davlatga koʻkat poyasi topshirgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1953-yil 21-dekabrdagi farmoni bilan Lenin ordeni, "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[2].
Agranom 1955-yilda VDNKh Butunittifoq koʻrgazmasida qatnashgan. 1964-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikumini agronom-seleksiyachi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1963-yil Quyi Chirchiq viloyati Soldatskiy qishloq Sovetiga, 1969-yil Oqqo‘rg‘on tumani Kirov qishloq Sovetiga deputat etib saylangan[3].
Li Dun Su 1970-yil sentyabr oyida vafot etgan. U Quyi Chirchiq tumani (hozirgi Oqqoʻrgʻon tumani) sobiq Engels nomidagi kolxoz qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Li Dun Sy Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Lenin ordeni hamda „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ли Дюн Су“. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
- ↑ [http://opisi.rgae.ru/scripts/uis/rgae_any.php?base=mysql:rgae&list=22120&idObj=10084577 „���� online“]. opisi.rgae.ru. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
- ↑ „Ли Дюн Су“. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Toshkent viloyatida dafn etilganlar
- Quyi Chirchiq tumani Engels nomidagi kolxozning Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Toshkent viloyatida vafot etganlar
- Lenin ordeni sohiblari
- 1970-yilda vafot etganlar
- 22-sentyabrda vafot etganlar
- 1914-yilda tugʻilganlar
- 11-dekabrda tugʻilganlar